Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

DEPUTAT SO'ROVI

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi 6-Yangihayot saylov okrugi deputati S.Xadjikulov Zarbdor tumani Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i O.Xolmonovga deputatlik so‘rovi yubordi.

So‘rovda “Yangihayot” mahallasidagi:

-Beshkubi ko‘chasining 50 metr qismi,

-A.Fitrat ko‘chasining 80 metr qismi shag‘allashtirilmagani natijasida yog‘ingarchilik mavsumida suv to‘planib, loy holatiga kelayotgani hamda fuqarolar va transport vositalari harakatlanishida qiyinchiliklar yuzaga kelayotgani qayd etilgan.

Deputat tomonidan mazkur muammoni bartaraf etish, yo‘llarni shag‘allashtirish hamda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan aniq ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olindi.