Joriy yil 9-fevral kuni Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputat Y.Axmedov 2025-yilda amalga oshirgan deputatlik faoliyati yuzasidan “Choyko‘l” ovulidagi o‘z saylovchilariga hisobot berdi.
Uchrashuvlarda aholi tomonidan o‘zlarini qiynab kelatyotgan masalalar o‘z yechimini kutayotganini bildirgan.
Ayniqsa bugungi kunda hududda xonadonlar soni 2 karraga, shunga mos elektr ta’minotiga bo‘lgan talab oshganligini bildirib, ijobiy yechim toptirishni so‘ragan. Deputatlik vakolatidan foydalangan holda Y.Axmedov tumani elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i J.Salayevga Deputatlik so‘rovini chiqargan va ijrosini nazoratga olgan.