Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
Ўзбекистон Экологик партиясининг туман Кенгаши томонидан йил давомида 20 дан ортиқ экорейдлар ўтказилди
янв.21
Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi
янв.21
Konstitutsiya — taraqqiyot mezoni, istiqlol poydevori.
янв.21
Sayyor qabul
янв.21
AMUDARYO IXTISOSLAShTIRILGAN MAKTABIDA "MARTABANG BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM!" MAVZUSIDA TADBIR O‘TKAZILDI
MUNOSABAT

 Muzokaralar davomida raqamli infratuzilmani rivojlantirish, telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish hamda yuqori
malakali kadrlar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgani hamkorlikning uzoq muddatli xarakterga ega ekanini anglatadi. O‘zbekistonni yapon kompaniyalari uchun autsorsing va IT-xizmatlar markazi sifatida ilgari surish tashabbusi mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni jadal rivojlantirish, eksportbop xizmatlar hajmini oshirish va yangi ish o‘rinlari yaratish uchun keng imkoniyatlar ochadi.
 

  

Tokio shahrida IT Park’ning ilk xorijiy filiali ochilgani esa O‘zbekistonning xalqaro raqamli bozordagi mavqeini mustahkamlashga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi. Ushbu platforma yapon kompaniyalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma innovatsion loyihalarni amalga oshirish hamda zamonaviy texnologiyalarni mamlakatimizga joriy etishga xizmat qilishi shubhasiz. 

  

Shuningdek, Xalqaro elektr aloqa ittifoqi doirasidagi o‘zaro qo‘llab-quvvatlash masalalarining muhokama qilinishi O‘zbekiston va Yaponiyaning
global raqamli kun tartibida ham bir-birini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini ko‘rsatadi. Uchrashuv yakunlari ikki davlat o‘rtasidagi strategik hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, raqamli taraqqiyot sohasida yangi imkoniyatlar ochish uchun mustahkam asos yaratganini tasdiqlaydi.
 

Xalimov Olimbay Ashirbayevich, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati, O‘zXDP deputatlik guruhi a’zosi