Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Har bir ezgu ish — kelajakka yo‘l ochadi.

Yosh avlod tarbiyasi — jamiyat kelajagining eng mustahkam poydevoridir. Xalq deputatlari Qamashi tuman Kengashi deputati Odiljon Xoʻjanov tomonidan tumandagi 23-Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti hamda 40-maktabda kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi.

Oʻrganish davomida isitish tizimi, oziq-ovqat ta’minoti, gigiyena holati hamda tarbiyalanuvchilarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, bolajonlarning qulay va xavfsiz muhitda ta’lim-tarbiya olishi uchun zarur bo‘lgan jihatlar muhokama qilinib, mutasaddilarga amaliy tavsiyalar berildi.

Kuz-qish mavsumida har bir bola iliq xonada, quvonchli kayfiyatda, mehr va e’tibor bag‘rida bo‘lishi — eng muhim maqsadlarimizdan biridir.

Slide 1 of 1