Doimiy komissiya yig'ilishi o'tkazildi
✅Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo'lib o'tdi.
✅Yig'ilishda sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan muhokamalar o'tkazildi. Kamchilikga yo'l qo'ygan shahar va tuman mas'ullarini ogohlantirish bo'yicha qaror loyihasiga taklif bildirildi va tasdiqlandi.
⭐️Doimiy komissiya yig'ilishida quyidagi masalalar ko'rib chiqildi:
✍️ Ishtixon tumanidagi aholi punkti nomini o‘zgartirish to‘g‘risida.
✍️ O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida.
⚡️ @sam_vil_deputatlari