Bugun Beruniy nomli mahalla fuqarolar yig‘ini raisligiga saylov bo‘lib o‘tdi.
Ushbu muhim tadbir mahalliy aholining faol ishtiroki ostida o‘tkazildi. Saylov jarayoni ochiqlik va oshkoralik tamoyillariga asoslangan holda tashkil etildi.
Saylovchilar o‘zlari maqul ko‘rgan nomzodga ovoz berdilar. Saylov natijalariga ko‘ra Beruniy nomli mahalla fuqarolar yig‘iniga Hojisoliyev Ma’rufjon Abdujabbor o`gli rais etib saylandi.
Saylov jarayonida xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 16-Kuyuk-ko‘pir saylov okrugidan deputat Urazbayev Mansur Axmadjanovich ishtirok etdi.