Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
2025-yil 17-aprel kuni xalq deputatlari Zomin tuman Kengashining doimiy komissiyalari yig‘lish bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy Komissiyasi yig`ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Saylovchilar muammolari tinglandi: deputatlar joylarda bo‘ldi
янв.21
«Ijtimoiy himoyaga muxtoj oilalar»ga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati tahlil qilinmoqda
янв.21
Qashqadaryo viloyati Kengashi deputatlaridan iborat delegatsiya Zomin tumaniga tashrif buyurdi.
янв.21
Tumanda obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda
янв.21
Zomin tumanida tomorqa va uy xo'jaliklaridagi imkoniyatlarni to'liq ishga solish orqali aholi daromadlarini oshirish chora tadbirlari yuzasidan o'rganishlar davom etmoqda.
янв.21
Tuman Kegashi deputatlari tuman tadbirlarida
янв.21
Shu vaqtga qadar Zomin tumani Hamid Olimjon mahalla idorasi boʻlmagan. Ayni damda mutasaddilar tomonidan mazkur masala hal qilinmoqda.
янв.21
KENGASH DEPUTATLARI MAHALLALARDAGI OBODONLASHTIRISH ISHLARIDA FAOL ISHTIKOR ETMOQDA
Deputat aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Kiyamov Nurali Kuvandikovich o‘z saylov okrugiga kiruvchi Xonaqo mahallasi fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Mazkur uchrashuv 42-umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosida tashkil etildi.

🗣 Uchrashuv davomida deputat o‘zining amaldagi faoliyati, saylovchilar bilan ishlashdagi yondashuvi hamda yaqin istiqboldagi rejalar haqida batafsil axborot berdi.

✅ Xususan, quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:

Mahalladagi infratuzilmani yaxshilash (yo‘llar, ichimlik suvi, ko‘chalar yoritilishi);

Ta’lim va sog‘liqni saqlash muassasalarining holatini yaxshilash;

Aholi, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash;

Murojaatlar bilan ishlashning ochiq va tizimli mexanizmlarini kuchaytirish.

📌 Fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar deputat tomonidan yozib olinib, ularni mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda hal etish yuzasidan choralar ko‘rilishi ma’lum qilindi.

🤝 Bunday ochiq muloqotlar xalq bilan yaqin aloqalarni mustahkamlash, muammolarni joyida hal etish va deputatlik faoliyatining ochiqligini ta’minlashga xizmat qilmoqda. 

Slide 1 of 4