Yangiliklar

Ekopartiya / Ekoreyd

O‘zbekiston Ekologik partiyasi Zomin tumani Kengashi raisi Yorbek Safarov tomonidan Qo'rg‘on mahallasi hududida chiqindilarni olib chiqish ishlari bilan tanishish maqsadida ekoreyd tadbiri o‘tkazildi.

Ekoreyd tadbiri jarayonida “Ekosfera” MChJ xodimlariga chiqindilarni belgilangan vaqtda olib chiqish, aholi o‘rtasida muammolar yuzaga kelishining oldini olish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Mazkur ekoreyd tadbirini o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad xonadonlar va atrof-muhitni toza saqlash, chiqindilarni mahalla hududidan o‘z vaqtida olib chiqishni ta’minlash hamda aholi uchun noqulayliklarning oldini olishdan iboratdir.

Slide 1 of 4