Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ISMATULLA RAIMOV — YOSHLAR KAMOLOTIGA BAG‘ISHLANGAN UMR
янв.21
Deputat hokim yordamchisi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
PF–193-son Farmon ijrosi doirasida ishchi guruh faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ekologik nazorat to‘g‘risidagi Qonun ijrosi yuzasidan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda
янв.21
Obodonlashtirish departamenti ishchi-xodimlari bilan tushuntirish ishlari olib borildi
янв.21
#Zomin_tuman_Kengashi #VM_qarori
янв.21
Hududlarda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputati o‘z vakolatlarini amalga oshirish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, boshqa qonunchilik hujjatlari, Kengash reglamenti hamda Odob-axloq qoidalari talablariga qat’iy amal qilishi shart.
янв.21
Deputat nazorati: markaziy sayilgohdagi ta’mirlash ishlari o‘rganildi
Zarbdor" mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi

Zarbdor" mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Sh. To‘raboyeva tomonidan Namangan shahridagi "Zarbdor" mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabul davomida mahalla yettiligi a’zolarini qiynab kelayotgan muammolar hamda hududdagi dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi. Jumladan, aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy soha, kommunal infratuzilma, obodonlashtirish va fuqarolarni tashvishga solayotgan boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi.

Shuningdek, mahallada o‘z yechimini kutayotgan dolzarb muammolar joyiga chiqib o‘rganilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar ishtirokida zarur chora-tadbirlarni belgilash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Sayyor qabul yakunida ko‘tarilgan masalalarning ijrosini ta’minlash hamda ularni qonunchilik doirasida hal etish bo‘yicha tegishli tartibda nazorat o‘rnatilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 6