35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
HUDUDDA HOKIM YORDAMCHISI VA IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
PROFILAKTIK ISHLAR HOLATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
Doimiy komissiya qarori
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashining "Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari" boʻyicha doimiy komissiyasi yig'ilishi
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati L.Mustafakulova hamda tuman hokimining o‘rinbosari N.Omonova tomonidan hududda "Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ–996) ijrosi yuzasidan targ‘ibot va tushuntirish uchrashuvi o‘tkazildi.
янв.21
"Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (O‘RQ-474)
янв.21
QONUNLAR TAQSIMOTI
Deputat ishtirokida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan mahalla yettiligi bilan birgalikda Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati G.Maxsudova ishtirokida mahallada obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari tashkil etildi.

Tadbir davomida ichki ko‘chalar, jamoat joylari va ijtimoiy soha obyektlari atrofi tartibga keltirilib, hududlarni tozalash, daraxt va gul ko‘chatlarini parvarishlash, yashil maydonlarni kengaytirish hamda sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar amalga oshirildi.

Shuningdek, fuqarolar bilan muloqot o‘tkazilib, xonadonlar va ko‘chalarni ozoda saqlash, ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitni asrash hamda obodonlashtirish ishlarida keng jamoatchilikning faol ishtirok etishi muhim ekani ta'kidlandi.

Slide 1 of 3