35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tashqi reklama bozorini tartibga solish — shahar qiyofasi va tadbirkorlik muhitining muhim omili
янв.21
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari bo‘yicha huquqlarni e’tirof etish tartibi belgilandi
янв.21
Kengash so‘rovi deputatlik nazoratining samarali mexanizmi
янв.21
“Tashabbusli budjet” tizimida yangi imkoniyatlar joriy etiladi
янв.21
Kengash kotibiyati samarali mahalliy boshqaruvning muhim bo‘g‘ini
янв.21
lohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa
янв.21
Davlat mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish muhim ustuvor vazifa
янв.21
"Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
янв.21
Huquqiy maslahat har bir fuqaro uchun ochiq imkoniyat
янв.21
MAHALLIY DAVLAT BOSHQARUVIDA OCHIQLIK VA SHAFFOFLIKNING YANGI BOSQICHI
📌 Tuman soliq inspeksiyasining 2026-yil I yarim yillik faoliyati muhokama qilindi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i S.Ro‘zimovaning 2026-yil I yarim yilligida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi yuzasidan hisoboti eshitildi.

📊 Hisobotda mahalliy budjet daromadlari prognoz ko‘rsatkichlarining ortig‘i bilan bajarilgani, jismoniy shaxslarning mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha tushumlar oshgani, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda soliq ma'murchiligini takomillashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

✅ Muhokama yakunida hisobot qoniqarli deb topilib, mahalliy budjet daromadlarini yanada oshirish, soliq qarzdorligini qisqartirish, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, investitsiya loyihalarini jadallashtirish hamda deputatlik va jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan tegishli doimiy komissiya qarori qabul qilindi.

📌 Shuningdek, mazkur masalani Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish belgilandi.

Slide 1 of 1