35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tashqi reklama bozorini tartibga solish — shahar qiyofasi va tadbirkorlik muhitining muhim omili
янв.21
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari bo‘yicha huquqlarni e’tirof etish tartibi belgilandi
янв.21
Kengash so‘rovi deputatlik nazoratining samarali mexanizmi
янв.21
“Tashabbusli budjet” tizimida yangi imkoniyatlar joriy etiladi
янв.21
Kengash kotibiyati samarali mahalliy boshqaruvning muhim bo‘g‘ini
янв.21
lohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa
янв.21
Davlat mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish muhim ustuvor vazifa
янв.21
"Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
янв.21
Huquqiy maslahat har bir fuqaro uchun ochiq imkoniyat
янв.21
MAHALLIY DAVLAT BOSHQARUVIDA OCHIQLIK VA SHAFFOFLIKNING YANGI BOSQICHI
Deputatlar ishtirokida sayyor qabul hamda mahalla "yettiligi"ning II chorak faoliyati yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi
 Deputatlar ishtirokida sayyor qabul hamda mahalla "yettiligi"ning II chorak faoliyati yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Anvarxon Kazimovich tomonidan 4-"Universitet" saylov okrugiga qarashli "Orzu" mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi. Unda xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi Shaxonza Umarxodjayeva, kotibiyat bosh mutaxassisi B.Xoliqjonova, fuqarolar hamda mahalla "yettiligi" vakillari ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

📌 Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan ko‘p qavatli uylar oldida faoliyat yuritayotgan xususiy klinika faoliyati bilan bog‘liq murojaatlar bildirildi.
Xususan, klinikaga tashrif buyurayotgan fuqarolar tomonidan jamoat tartibi va sanitariya qoidalariga rioya etilmayotgani, shovqin-suron, hudud tozaligining ta'minlanmayotgani natijasida mahalla aholisiga noqulayliklar yuzaga kelayotgani ta'kidlandi.

🔖 Shuningdek, boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligi, ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari (podyezdlari), yerto‘lalari, hududlarining tozaligi va yoritilishi, issiq va sovuq suv ta’minoti, elektr energiyasi, shuningdek, maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilindi.

🏛 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Sh.Umarxodjayeva mazkur murojaat yuzasidan masalani atroflicha o‘rganish, tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda amaliy choralar ko‘rish hamda dolzarb muammoni bartaraf etish maqsadida deputatlik so‘rovi rasmiylashtirilishini ma'lum qildi.

📘 Mazkur murojaatlar deputat tomonidan "Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari"ga qayd etilib, masalani qonunchilik doirasida hal etish hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda zarur choralar ko‘rish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Shu bilan birgalikda deputat hamda mahalla "yettiligi" vakillari tomonidan 2026-yil II chorakda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlar tinglandi.
📌 Hisobotlarda quyidagi natijalar qayd etildi:
🔹 Mahalla raisi tomonidan ijtimoiy ko‘makka muhtoj 2 nafar fuqaroning uy-joyi ta’mirlandi.
🔹 Yoshlar yetakchisi tomonidan og‘ir toifadagi hamda ishsiz yoshlarning bandligi ta’minlanib, ular bilan manzilli ishlar olib borildi.
🔹 Hokim yordamchisi va mahalla bankiri tomonidan 6 ta mikroloyiha amalga oshirilib, 12 nafar ishsiz fuqaro ish bilan ta’minlandi, 2 nafar fuqaro kasb-hunarga yo‘naltirildi, 2 nafar fuqaroga imtiyozli kredit ajratildi, shuningdek, 34 nafar migratsiyadan qaytgan fuqaro bilan individual ishlash yo‘lga qo‘yildi.
🔹 Ijtimoiy xodim tomonidan kambag‘al hamda moddiy yordamga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi.
🔹 Xotin-qizlar faoli tomonidan mahalladagi 2 358 nafar xotin-qiz bilan ishlanib, shundan 166 nafari "Ayollar daftari"ga kiritilib, ular bilan manzilli choralar ko‘rildi.

📚 Deputat faoliyati quyidagi qonunlar ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda:
🔹 "Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida"gi Qonun;
🔹 "Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida"gi Qonun;
🔹 "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi Qonun.

🤝 Bunday sayyor qabullar aholini qiynayotgan masalalarni joyida o‘rganish, ularning yechimini ta’minlash hamda mahalla institutlari faoliyati samaradorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Slide 1 of 9