35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
HUDUDDA HOKIM YORDAMCHISI VA IJTIMOIY XODIM FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Doimiy komissiya qarori
янв.21
PROFILAKTIK ISHLAR HOLATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashining "Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari" boʻyicha doimiy komissiyasi yig'ilishi
янв.21
HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati L.Mustafakulova hamda tuman hokimining o‘rinbosari N.Omonova tomonidan hududda "Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ–996) ijrosi yuzasidan targ‘ibot va tushuntirish uchrashuvi o‘tkazildi.
янв.21
"Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni (O‘RQ-474)
янв.21
QONUNLAR TAQSIMOTI
#sessiya

Bugun Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining navbatdagi qirqinchii sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada shahar hayoti uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan qator masalalar ko‘rib chiqildi va tegishli qarorlar qabul qilindi.

📍Sessiya kun tartibidagi masalalar:

1️⃣O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Olmaliq shahridagi Xalq qabulxonasining axboroti to‘g‘risida;
2️⃣Huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati yuzasidan 3 oy davomida amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida;
3️⃣2026-yil I chorak yakuni bilan mahalliy budjet daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi hisobidan foydalanish to‘g‘risida;
4️⃣Olmaliq shahrida 2026-yilning 1-choragi davomida yer uchastkalariga bo‘lgan egalik huquqlarini sotishdan tushgan mablag‘larning bir qismini “Tashabbusli budjet” jamg‘armasiga yo‘naltirish to‘g‘risida;
5️⃣Olmaliq shahar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;
6️⃣Olmaliq shahar Temur Malik mahallasi hududida “Yashil bog‘” barpo etish to‘g‘risida;
7️⃣O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-oktabrdagi PQ-343-sonli qarorining shahardagi ijrosi to‘g‘risida;
8️⃣Olmaliq shahrida 2026-yilda jismoniy tarbiya va sport sohasida erishiladigan ko‘rsatkichlar to‘g‘risida;
9️⃣O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 12-martdagi KQ-325–V-sonli qarori ijrosi yuzasidan Olmaliq shahar budjetining qo‘shimcha manbalarini aniqlash va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida;
1️⃣0️⃣Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashining 2026-yil 31-martdagi VII-39-25-10-147-K/26-sonli qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida;
1️⃣1️⃣“Olmaliq shaharida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va jamoat transportida xizmat ko‘rsatish sohasini isloh qilish holati” to‘g‘risidagi masalalar yuzasidan tegishli mas'ullarning hisobot va axborotlari hamda masalalar yuzasidan doimiy komissiya raislarining xulosalari tinglanib qarorlar tasdiqlandi.
✅Sessiya davomida mas’ullarning hisobotlari va doimiy komissiya raislarining xulosalari atroflicha o‘rganilib, har bir masala yuzasidan deputatlar tomonidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
✍️Sessiya yakunida sanoq komissiyasi va sessiya kotibining axborotlari tinglanib, ish jarayoni reglament asosida yakunlandi.

Slide 1 of 7