35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
QONUNLAR TAQSIMOTI
янв.21
Tashqi reklama bozorini tartibga solish — shahar qiyofasi va tadbirkorlik muhitining muhim omili
янв.21
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari bo‘yicha huquqlarni e’tirof etish tartibi belgilandi
янв.21
Kengash so‘rovi deputatlik nazoratining samarali mexanizmi
янв.21
“Tashabbusli budjet” tizimida yangi imkoniyatlar joriy etiladi
янв.21
Kengash kotibiyati samarali mahalliy boshqaruvning muhim bo‘g‘ini
янв.21
lohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa
янв.21
Davlat mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish muhim ustuvor vazifa
янв.21
"Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
янв.21
Huquqiy maslahat har bir fuqaro uchun ochiq imkoniyat
YOSHLAR — YANGI OʻZBEKISTON BUNYODKORLARI!

YOSHLAR — YANGI OʻZBEKISTON BUNYODKORLARI!

"Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida"gi OʻRQ-406-sonli Qonun haqida bilasizmi?

Qonun sizga qanday imkoniyatlarni beradi?
⚖️ Huquq va manfaatlar kafolati: 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari davlat tomonidan toʻliq hisobga olinadi.
🎓 Sifatli taʼlim va iqtidor: Yoshlarning zamonaviy taʼlim olishi, ilmiy va ijodiy izlanishlari davlat tomonidan har tomonlama qoʻllab-quvvatlanadi.
💼 Bandlik va tadbirkorlik: Yoshlar uchun yangi ish oʻrinlari yaratish, imtiyozli kreditlar berish va biznes tashabbuslarini ragʻbatlantirish tizimi yoʻlga qoʻyilgan.
🏠 Ijtimoiy himoya: Boshpana va uy-joyga muhtoj hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari belgilangan.
✨ Sizning imkoniyatingiz — Sizning kelajagingiz!
Subsidiyalar va grantlar: Oʻqish, kasb oʻrganish va tadbirkorlik loyihalari uchun davlat koʻmagidan foydalaning.
Tashabbus koʻrsating: Yoshlar yetakchilari va mahalla tuzilmalari orqali oʻz gʻoyalaringizni amalga oshiring.

💡 Imkoniyatlardan unumli foydalaning, oʻzingiz va yurtingiz kelajagini birge yarataylik!