35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari bo‘yicha huquqlarni e’tirof etish tartibi belgilandi
янв.21
Kengash so‘rovi deputatlik nazoratining samarali mexanizmi
янв.21
“Tashabbusli budjet” tizimida yangi imkoniyatlar joriy etiladi
янв.21
Kengash kotibiyati samarali mahalliy boshqaruvning muhim bo‘g‘ini
янв.21
lohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa
янв.21
Davlat mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish muhim ustuvor vazifa
янв.21
"Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
янв.21
Huquqiy maslahat har bir fuqaro uchun ochiq imkoniyat
янв.21
MAHALLIY DAVLAT BOSHQARUVIDA OCHIQLIK VA SHAFFOFLIKNING YANGI BOSQICHI
янв.21
JAMOAT EHTIYOJLARI UCHUN YER UCHASTKALARINI AJRATISH – OCHIQ VA QONUNIY TARTIB ASOSIDA
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining yigirma uchinchi sessiyasi yakunlandi

Sessiya davomida:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari ijrosi yuzasidan shahar hokimi, shahar prokurori hamda mas'ul rahbarlarning hisobot va axborotlari eshitildi;
mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanish, "Tashabbusli budjet" loyihasi, "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish hamda xususiylashtirish dasturi ijrosi muhokama qilindi;
hududda investitsiya loyihalarini jadallashtirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, eksport salohiyatini oshirish va aholi bandligini ta'minlash yuzasidan aniq vazifalar belgilandi;
mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish, yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirishga qaratilgan qarorlar qabul qilindi;
deputatlik so‘rovlari ijrosi, Kengash qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish hamda Senat Kengashining qarori asosida aholi murojaatlari va mansabdor shaxslarning hisobotlarini eshitish tartibi tasdiqlandi.
💬 Muhokamalar davomida deputatlar tomonidan dolzarb masalalar yuzasidan qator savollar, taklif va tavsiyalar bildirildi. Har bir masala atroflicha muhokama qilinib, tegishli qarorlar qabul qilindi hamda mas'ul tashkilotlar oldiga aniq vazifalar qo‘yildi.
🤝 Sessiyada qabul qilingan qarorlar Termiz shahrining barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta'minlash, aholi farovonligini oshirish, ochiqlik va hisobdorlik tamoyillarini mustahkamlash hamda deputatlik nazoratini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1