35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tashqi reklama bozorini tartibga solish — shahar qiyofasi va tadbirkorlik muhitining muhim omili
янв.21
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari bo‘yicha huquqlarni e’tirof etish tartibi belgilandi
янв.21
Kengash so‘rovi deputatlik nazoratining samarali mexanizmi
янв.21
“Tashabbusli budjet” tizimida yangi imkoniyatlar joriy etiladi
янв.21
Kengash kotibiyati samarali mahalliy boshqaruvning muhim bo‘g‘ini
янв.21
lohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa
янв.21
Davlat mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish muhim ustuvor vazifa
янв.21
"Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
янв.21
Huquqiy maslahat har bir fuqaro uchun ochiq imkoniyat
янв.21
MAHALLIY DAVLAT BOSHQARUVIDA OCHIQLIK VA SHAFFOFLIKNING YANGI BOSQICHI
Aziz Ibragimov 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha saylovchilarga axborot berdi

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Aziz Ibragimov 2026-yilning ikkinchi choragi bo‘yicha saylovchilarga axborot berdi

🏛 Shayxontohur tumanidagi 31-Olim Xo‘jayev saylov okrugi hududida joylashgan Katta Oqtepa mahallasida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Aziz Ibragimovning 2026-yil ikkinchi choragi yakunlari bo‘yicha saylovchilar oldidagi navbatdagi ochiq hisoboti bo‘lib o‘tdi.

🤝 Unda mahalla faollari, nuroniylar, fuqarolar, jamoatchilik vakillari, Shayxontohur tumani hokimligi mas’ul xodimlari, mahalla raisi Abduqahhor, mahalla faollari hamda deputatlar ishtirok etdi.

🗣 Hisobot davomida deputat ikkinchi chorak mobaynida amalga oshirilgan faoliyati, Toshkent shahar Kengashi ishida ishtiroki hamda saylov okrugida olib borilgan amaliy ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

📝 Ta’kidlanganidek, mazkur davrda deputat Toshkent shahar Kengashining 3 ta sessiyasi hamda 2 ta doimiy komissiya yig‘ilishida faol ishtirok etib, hududlarni kompleks rivojlantirish, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash, ijtimoiy himoya, obodonlashtirish va aholi murojaatlari bilan ishlashga oid masalalar yuzasidan o‘z taklif va mulohazalarini ilgari surdi.

📁 Ikkinchi chorak davomida saylov okrugi hududidagi mahallalarda 15 marotaba uchrashuv va sayyor qabullar tashkil etildi. O‘rganishlar natijasida aniqlangan dolzarb masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilib, bir qator muammolar ijobiy hal etildi. Shuningdek, 23 nafar fuqaroning murojaati o‘rganilib, ularning aksariyati ijobiy yechim topdi.

💡 Deputat faoliyatining ochiqligini ta’minlash maqsadida chorak davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan 4 marotaba ijtimoiy tarmoqlar orqali axborot va chiqishlar e’lon qilindi.

📉 Uchrashuv davomida hududda amalga oshirilayotgan yirik infratuzilma loyihalari ham muhokama qilindi. Xususan, Eski Anosova ko‘chasidagi ko‘prikning asosiy ta’mirlash ishlari yakunlanib, avtomobillar harakati tiklangani, qolgan pardozlash ishlari joriy yil 1-sentabrgacha yakunlanishi rejalashtirilayotgani ma’lum qilindi. Shuningdek, piyodalar yo‘lagi, bordyurlar va bruschatka bilan bog‘liq kamchiliklar yuzasidan pudratchi tashkilotga dalolatnoma rasmiylashtirilishi belgilandi.

💬 Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar umumlashtirilib, ularni ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rishga kelishib olindi. Deputat aholi bilan ochiq muloqot va tizimli hamkorlikni bundan buyon ham izchil davom ettirishini ta’kidladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 9