35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari bo‘yicha huquqlarni e’tirof etish tartibi belgilandi
янв.21
Kengash so‘rovi deputatlik nazoratining samarali mexanizmi
янв.21
“Tashabbusli budjet” tizimida yangi imkoniyatlar joriy etiladi
янв.21
Kengash kotibiyati samarali mahalliy boshqaruvning muhim bo‘g‘ini
янв.21
lohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa
янв.21
Davlat mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish muhim ustuvor vazifa
янв.21
"Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
янв.21
Huquqiy maslahat har bir fuqaro uchun ochiq imkoniyat
янв.21
MAHALLIY DAVLAT BOSHQARUVIDA OCHIQLIK VA SHAFFOFLIKNING YANGI BOSQICHI
янв.21
JAMOAT EHTIYOJLARI UCHUN YER UCHASTKALARINI AJRATISH – OCHIQ VA QONUNIY TARTIB ASOSIDA
#Kengash_faoliyati #olti_oylik_yakun #OAV_biz_haqimizda 🗣Termiz shahar Kengashi faoliyati OAV va ijtimoiy tarmoqlarda 1 600 martadan ortiq yoritildi!
2026-yilning birinchi yarim yilligi davomida shahar Kengashi faoliyati, deputatlik nazorati tadbirlari hamda aholi murojaatlari yechimi ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda keng va xolis yoritib borildi.

💬O‘tgan 6 oy mobaynida Kengash faoliyatiga doir jami 1 636 marta axborot materiallari, maqolalar va videolavhalar e’lon qilindi. Shundan:

🟢40 ta — mahalliy va respublika teleradiokanallarida (TV) maxsus ko‘rsatuv va lavhalar ko‘rinishida;

🟢532 ta — internet tarmog‘idagi nufuzli veb-saytlar va axborot portallarida;

🟢1 064 ta — Telegram, Facebook, Instagram va YouTube kabi ommabop ijtimoiy tarmoqlar hamda rasmiy sahifalar orqali;

🟢Barcha 5 ta sessiya JONLI EFIRDA: Kengashning o‘tkazilgan barcha 5 ta sessiyasi ijtimoiy tarmoqlar orqali boshidan oxirigacha to‘g‘ridan-to‘g‘ri (jonli efirda) namoyish etildi.

💬Sessiyalarning jonli efirda uzatilishi hamda har bir deputatning o‘z okrugidagi faoliyati tezkor yoritib borilishi:
🟢Jamoatchilik nazoratini sezilarli darajada kuchaytirdi;
🟢Aholining shahar ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga daxldor qarorlar qabul qilinishidagi ishtirokini oshirdi;
🟢Saylovchilar va deputatlar o‘rtasidagi masofani qisqartirib, o‘zaro ishonchni mustahkamladi.

💬"Biz uchun har bir material — bu shunchaki hisobot yoki statistika emas. Bu xalqimizning o‘z deputatlari qayerda, qanday ishlayotganini ko‘rishi, o‘z murojaatlarining natijasidan xabardor bo‘lishi uchun ochiq minbardir. Tezkor, xolis va shaffof axborot yetkazish tizimini kelgusida yanada takomillashtiramiz," — deydi Kengash kotibiyati mas'ullari.