35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari bo‘yicha huquqlarni e’tirof etish tartibi belgilandi
янв.21
Kengash so‘rovi deputatlik nazoratining samarali mexanizmi
янв.21
“Tashabbusli budjet” tizimida yangi imkoniyatlar joriy etiladi
янв.21
Kengash kotibiyati samarali mahalliy boshqaruvning muhim bo‘g‘ini
янв.21
lohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa
янв.21
Davlat mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish muhim ustuvor vazifa
янв.21
"Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
янв.21
Huquqiy maslahat har bir fuqaro uchun ochiq imkoniyat
янв.21
MAHALLIY DAVLAT BOSHQARUVIDA OCHIQLIK VA SHAFFOFLIKNING YANGI BOSQICHI
янв.21
JAMOAT EHTIYOJLARI UCHUN YER UCHASTKALARINI AJRATISH – OCHIQ VA QONUNIY TARTIB ASOSIDA
“Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasidagi amaliy ishlar izchil davom etmoqda

Mazkur oylik doirasida hududlarda obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash, aholi murojaatlarini joyida o‘rganish hamda mavjud muammolarni tezkor bartaraf etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu munosabat bilan Termiz shahar hokimi, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 20-“Eskishahar” saylov okrugi deputati Sh.Lolayev, Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov, 23-“Pattakesar” saylov okrugi deputati T.Berdiyev, Kengash kotibiyati xodimlari, mahalla yettiligi hamda tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida “Eskishahar” mahallasining Birdamlik ko‘chasida keng qamrovli piyoda o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.
O‘rganish davomida hududning obodonlashtirish holati batafsil tahlil qilinib, ko‘cha va yo‘laklarning tozaligi, ko‘kalamzorlashtirish ishlari, ichki yo‘llar, sug‘orish tizimi, aholi xonadonlari va tashkilotlarga tutash hududlarning sanitariya holati, daraxtlarning parvarishi hamda fasadlarning tashqi ko‘rinishi atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mas’ullar tomonidan:
✅ ko‘chalarda sanitariya-tozalik ishlarini yanada kuchaytirish;
✅ noqonuniy chiqindi to‘planishining oldini olish va chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqishni ta’minlash;
✅ daraxtlarni oqlash, mavsumiy butash va yangi manzarali hamda mevali daraxt ko‘chatlarini ekish;
✅ bo‘sh va foydalanilmayotgan yer maydonlarini obodonlashtirish hamda ulardan samarali foydalanish;
✅ xonadonlar, ijtimoiy obyektlar va tashkilotlarning tashqi fasadlarini tartibga keltirish;
✅ irrigatsiya va sug‘orish tarmoqlarini soz holatda saqlash;
✅ fuqarolar tomonidan obodonlashtirish qoidalariga rioya etilishini ta’minlash yuzasidan tegishli tashkilotlarga aniq topshiriq va vazifalar belgilab berildi.
O‘rganish jarayonida fuqarolar bilan ochiq muloqot ham tashkil etilib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi. Aholini qiynab kelayotgan masalalar joyida muhokama qilinib, ularni qisqa muddatlarda hal etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Ayniqsa, bo‘sh yer maydonlaridan samarali foydalanish, xonadonlar atrofini obodonlashtirish, tomorqalardan unumli foydalanish hamda mahalla hududining ekologik holatini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Ta’kidlanganidek, mahallaning obodligi — avvalo unda yashovchi fuqarolarning hamjihatligi va mas’uliyatiga bog‘liq. Shu bois, har bir fuqaroning o‘z xonadoni va unga tutash hududni ozoda saqlashi, ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol ishtirok etishi hamda umumxalq obodonlashtirish tadbirlariga daxldorlik hissi bilan yondashishi muhim ahamiyat kasb etadi.
“Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida amalga oshirilayotgan bunday amaliy o‘rganishlar, nazorat tadbirlari va obodonlashtirish ishlari Termiz shahrining barcha mahallalarida izchil davom ettirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda hududlarni yanada obod va ko‘rkam maskanga aylantirish bo‘yicha tizimli ishlar olib boriladi.
📍 Obod mahalla — farovon hayot, ozoda muhit va aholi birdamligining yorqin ifodasidir.

Slide 1 of 5