35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari bo‘yicha huquqlarni e’tirof etish tartibi belgilandi
янв.21
Kengash so‘rovi deputatlik nazoratining samarali mexanizmi
янв.21
“Tashabbusli budjet” tizimida yangi imkoniyatlar joriy etiladi
янв.21
Kengash kotibiyati samarali mahalliy boshqaruvning muhim bo‘g‘ini
янв.21
lohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa
янв.21
Davlat mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish muhim ustuvor vazifa
янв.21
"Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
янв.21
Huquqiy maslahat har bir fuqaro uchun ochiq imkoniyat
янв.21
MAHALLIY DAVLAT BOSHQARUVIDA OCHIQLIK VA SHAFFOFLIKNING YANGI BOSQICHI
янв.21
JAMOAT EHTIYOJLARI UCHUN YER UCHASTKALARINI AJRATISH – OCHIQ VA QONUNIY TARTIB ASOSIDA
Shahar Tibbiyot birlashmasining 2026-yil 6 oylik faoliyati doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining "Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha" doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish kun tartibidagi asosiy masala sifatida Shahar Tibbiyot birlashmasining 2026-yilning 6 oyi davomida amalga oshirgan faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti muhokama qilindi.

Hisobot davomida shahar aholisiga ko‘rsatilayotgan birlamchi va ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar sifati, davolash-profilaktika muassasalari faoliyati, aholini dori-darmon vositalari bilan ta’minlash, tibbiyot muassasalarida yaratilgan shart-sharoitlar hamda tibbiy xizmatlar sifatini oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil axborot berildi.

Muhokama jarayonida doimiy komissiya a’zolari tomonidan tibbiyot muassasalarida olib borilgan o‘rganishlar natijalari, fuqarolar tomonidan bildirilayotgan murojaatlar hamda mavjud muammolar yuzasidan mas’ullarga qator savollar berildi. Xususan, tibbiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash, bepul dori-darmonlar ta’minoti, shifoxonalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, tibbiyot muassasalarida sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi va bemorlar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yig‘ilish yakunida hisobot yuzasidan deputatlar tomonidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli vazifalar belgilandi.

Doimiy komissiya tomonidan mazkur masala yuzasidan tegishli xulosa qabul qilinib, Shahar Tibbiyot birlashmasi boshlig‘ining hisobotini Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqish tavsiya etildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 1