35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari bo‘yicha huquqlarni e’tirof etish tartibi belgilandi
янв.21
Kengash so‘rovi deputatlik nazoratining samarali mexanizmi
янв.21
“Tashabbusli budjet” tizimida yangi imkoniyatlar joriy etiladi
янв.21
Kengash kotibiyati samarali mahalliy boshqaruvning muhim bo‘g‘ini
янв.21
lohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa
янв.21
Davlat mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish muhim ustuvor vazifa
янв.21
"Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
янв.21
Huquqiy maslahat har bir fuqaro uchun ochiq imkoniyat
янв.21
MAHALLIY DAVLAT BOSHQARUVIDA OCHIQLIK VA SHAFFOFLIKNING YANGI BOSQICHI
янв.21
JAMOAT EHTIYOJLARI UCHUN YER UCHASTKALARINI AJRATISH – OCHIQ VA QONUNIY TARTIB ASOSIDA
Deputat tashabbusi bilan 39-Minor saylov okrugida zamonaviy bolalar va sport maydonchalari barpo etilmoqda

#deputata_tashabbusi #deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari

❗️Deputat tashabbusi bilan 39-Minor saylov okrugida zamonaviy bolalar va sport maydonchalari barpo etilmoqda

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Nigora Eshmetova tashabbusi bilan saylov okrugida aholi, ayniqsa yoshlar va bolalar uchun qulay hamda xavfsiz infratuzilmani yaratish borasida navbatdagi amaliy ishlar boshlab yuborildi.

📝 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi tomonidan qabul qilingan 2025-yil 29-avgustdagi VII-14-137-14-0-K/25 -son qaroriga muvofiq, deputatlar tomonidan saylov okruglarida ko‘tarilgan dolzarb masalalarni hal etish maqsadida ajratilgan qo‘shimcha mablag‘lar hisobidan hududlarda qator ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalar amalga oshirilmoqda.

📁 Ana shunday loyihalardan biri sifatida 39-Minor saylov okrugi hududida zamonaviy bolalar maydonchasi hamda mini futbol maydoni qurilish ishlari jadal sur’atlarda olib borilmoqda.

🔎 Mazkur loyiha hudud aholisining, ayniqsa ota-onalar va yoshlarning murojaatlari asosida shakllantirilib, bolalarning mazmunli hordiq chiqarishi, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, sport bilan muntazam shug‘ullanishi hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etishga xizmat qiladi.

📉 Qurilayotgan mini futbol maydoni yoshlarning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ommaviy sportni rivojlantirish va iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun muhim infratuzilma bo‘lsa, zamonaviy bolalar maydonchasi kichik yoshdagi farzandlarning xavfsiz va qulay sharoitda dam olishi hamda jismoniy rivojlanishi uchun zarur imkoniyatlarni yaratadi.

💡 Hududdagi o‘rganishlar davomida deputatlik faoliyatini yanada samarali tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan 24 ta tavsiyaviy yo‘nalish asosida mahalladagi mavjud holat atroflicha tahlil qilindi. Xususan, bolalar va yoshlar uchun sport infratuzilmasini rivojlantirish, mahallalarda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, obodonlashtirish, xavfsiz muhit yaratish hamda aholining turmush sifatini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🤝 Deputat Nigora Eshmetova tomonidan fuqarolar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda bildirilgan taklif va murojaatlar asosida hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash, bolalar va yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom ettirilayotgani ta’kidlandi.

📈 Shuningdek, qurilish ishlari sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlanishi, maydonchalarning zamonaviy standartlarga mos ravishda jihozlanishi hamda ulardan samarali foydalanish masalalari deputatlik nazoratiga olingan.

🌳 Ushbu loyiha nafaqat hudud qiyofasini yanada obod etishga, balki mahallada sog‘lom, xavfsiz va qulay yashash muhitini yaratish, yoshlarni sportga keng jalb qilish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qiladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10