35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari bo‘yicha huquqlarni e’tirof etish tartibi belgilandi
янв.21
Kengash so‘rovi deputatlik nazoratining samarali mexanizmi
янв.21
“Tashabbusli budjet” tizimida yangi imkoniyatlar joriy etiladi
янв.21
Kengash kotibiyati samarali mahalliy boshqaruvning muhim bo‘g‘ini
янв.21
lohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa
янв.21
Davlat mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish muhim ustuvor vazifa
янв.21
"Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
янв.21
Huquqiy maslahat har bir fuqaro uchun ochiq imkoniyat
янв.21
MAHALLIY DAVLAT BOSHQARUVIDA OCHIQLIK VA SHAFFOFLIKNING YANGI BOSQICHI
янв.21
JAMOAT EHTIYOJLARI UCHUN YER UCHASTKALARINI AJRATISH – OCHIQ VA QONUNIY TARTIB ASOSIDA
Ijro intizomi va fuqarolar murojaatlari nazoratda

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi kotibiyati mudiri, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Matniyazov Akbar Qadirovich “Ekspert guruhi” a’zosi bilan birgalikda Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritiladigan masala yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bordi.

🔍 O‘rganish davomida Taxiatosh tumani hokimligida ijro intizomiga rioya etilishi, fuqarolar murojaatlarining ko‘rib chiqilishi hamda ularga berilayotgan javoblarning mazmuni va sifati tahlil qilindi.

💬 Shuningdek, murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, fuqarolarning murojaatlariga o‘z vaqtida va asosli javob berish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

📄 Oldinroq fuqarolar murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha deputatlik nazoratini kuchaytirish maqsadida barcha deputatlarga o‘z saylov okruglari kesimida nazoratni amalga oshirish uchun tegishli ma’lumotlar taqdim etilgan edi.

📌 Fuqarolar murojaatlari bilan samarali ishlash va ijro intizomiga qat’iy rioya etish — aholi ishonchini ta’minlashning muhim omilidir.