35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari bo‘yicha huquqlarni e’tirof etish tartibi belgilandi
янв.21
Kengash so‘rovi deputatlik nazoratining samarali mexanizmi
янв.21
“Tashabbusli budjet” tizimida yangi imkoniyatlar joriy etiladi
янв.21
Kengash kotibiyati samarali mahalliy boshqaruvning muhim bo‘g‘ini
янв.21
lohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa
янв.21
Davlat mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish muhim ustuvor vazifa
янв.21
"Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
янв.21
Huquqiy maslahat har bir fuqaro uchun ochiq imkoniyat
янв.21
MAHALLIY DAVLAT BOSHQARUVIDA OCHIQLIK VA SHAFFOFLIKNING YANGI BOSQICHI
янв.21
JAMOAT EHTIYOJLARI UCHUN YER UCHASTKALARINI AJRATISH – OCHIQ VA QONUNIY TARTIB ASOSIDA
Deputat mahallada Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi o‘tkazildi

Xalq deputatlari Piskent tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi sessiya oldi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish kun tartibida quyidagi muhim masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi:

Aholi murojaatlari bilan ishlash holati: Xalq qabulxonasi tomonidan 2026-yilning dastlabki 6 oyi davomida tumanda aholi murojaatlari va muammolari bilan ishlash ahvoli yuzasidan axboroti eshitildi.

Jinoyatchilikning oldini olish: Piskent tumani ichki ishlar bo‘limi tomonidan 2026-yilning 6 oyi davomida tuman hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti muhokama qilindi.

Norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti: Tumanda norma ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyoti holati bo‘yicha 2026-yilning 2-choragi davomida amalga oshirilgan ishlari yuzasidan axborot berildi.

Qarorlarni qonunchilikka muvofiqlashtirish:

Xalq deputatlari Piskent tumani Kengashining 2026-yil 12-iyundagi VII-27-36-10-142-K/26-son qarorini qonun hujjatlari talablariga muvofiqlashtirish to‘g‘risida;

Xalq deputatlari Piskent tumani Kengashining 2026-yil 26-iyundagi VII-28-40-10-142-K/26-son qarorini qonun hujjatlari talablariga muvofiqlashtirish to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqildi.

Doimiy komissiya a'zolari tomonidan kun tartibidagi masalalar atroflicha muhokama qilinib, ularni xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi sessiyasiga muhokama uchun kiritish bo‘yicha tegishli qaror qabul qilindi.Telegram(http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati) Facebook(https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/ Instagram(https://www.instagram.com/piskent_tuman_kengashi?igsh=MXY1ZzNjYXhweG1oZw

Slide 1 of 4