35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari bo‘yicha huquqlarni e’tirof etish tartibi belgilandi
янв.21
Kengash so‘rovi deputatlik nazoratining samarali mexanizmi
янв.21
“Tashabbusli budjet” tizimida yangi imkoniyatlar joriy etiladi
янв.21
Kengash kotibiyati samarali mahalliy boshqaruvning muhim bo‘g‘ini
янв.21
lohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa
янв.21
Davlat mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish muhim ustuvor vazifa
янв.21
"Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
янв.21
Huquqiy maslahat har bir fuqaro uchun ochiq imkoniyat
янв.21
MAHALLIY DAVLAT BOSHQARUVIDA OCHIQLIK VA SHAFFOFLIKNING YANGI BOSQICHI
янв.21
JAMOAT EHTIYOJLARI UCHUN YER UCHASTKALARINI AJRATISH – OCHIQ VA QONUNIY TARTIB ASOSIDA
Xotin-qizlar faolining faoliyati samaradorligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 15-Pahlavon saylov okrugidan saylangan deputat M.Xidirova hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Norov hamkorligida Pahlavon mahallasida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
🔹O‘rganish jarayonida mahallada xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash, ehtiyojmand xotin-qizlar bilan manzilli ishlash hamda ularning murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
🔹Shuningdek, "Ayollar daftari" bilan ishlash, xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish, huquqiy savodxonligini oshirish va yosh qizlarning ta’lim hamda kasb egallashiga ko‘maklashish yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
🔹O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mahallada xotin-qizlar bilan ishlash tizimi samaradorligini yanada oshirish hamda davlat dasturlari ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Slide 1 of 3