35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari bo‘yicha huquqlarni e’tirof etish tartibi belgilandi
янв.21
Kengash so‘rovi deputatlik nazoratining samarali mexanizmi
янв.21
“Tashabbusli budjet” tizimida yangi imkoniyatlar joriy etiladi
янв.21
Kengash kotibiyati samarali mahalliy boshqaruvning muhim bo‘g‘ini
янв.21
lohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa
янв.21
Davlat mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish muhim ustuvor vazifa
янв.21
"Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
янв.21
Huquqiy maslahat har bir fuqaro uchun ochiq imkoniyat
янв.21
MAHALLIY DAVLAT BOSHQARUVIDA OCHIQLIK VA SHAFFOFLIKNING YANGI BOSQICHI
янв.21
JAMOAT EHTIYOJLARI UCHUN YER UCHASTKALARINI AJRATISH – OCHIQ VA QONUNIY TARTIB ASOSIDA
Fuqaroning tomorqa yeridan foydalanish holat o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Ashurov tomonidan tumanning “G‘azalkent” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro S.Satanov xonadoni o‘rganildi.

O‘rganish davomida xonadon hududidagi tomorqa yer maydonining samarali foydalanilishi, ekilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari, sug‘orish tizimi, mavjud imkoniyatlar hamda oilaning daromad manbai sifatida tomorqadan foydalanish holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, xonadon egalari bilan suhbat o‘tkazilib, tomorqachilikni rivojlantirishda uchrayotgan muammo va takliflar muhokama qilindi.

O‘rganish natijasida fuqaro tomonidan tomorqa yer maydonining asosiy qismida sabzavot, ko‘kat, mevali daraxt va turli gullar parvarish qilayotganligi, mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanilayotganligi qayd etildi. Shu bilan birga, tomorqaning har bir qarich yeridan unumli foydalanish, yuqori daromad keltiruvchi ekin turlarini ekish, intensiv usullarni joriy qilish hamda mavsumiy takroriy ekinlar yetishtirish orqali daromadni yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3