35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari bo‘yicha huquqlarni e’tirof etish tartibi belgilandi
янв.21
Kengash so‘rovi deputatlik nazoratining samarali mexanizmi
янв.21
“Tashabbusli budjet” tizimida yangi imkoniyatlar joriy etiladi
янв.21
Kengash kotibiyati samarali mahalliy boshqaruvning muhim bo‘g‘ini
янв.21
lohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa
янв.21
Davlat mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish muhim ustuvor vazifa
янв.21
"Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
янв.21
Huquqiy maslahat har bir fuqaro uchun ochiq imkoniyat
янв.21
MAHALLIY DAVLAT BOSHQARUVIDA OCHIQLIK VA SHAFFOFLIKNING YANGI BOSQICHI
янв.21
JAMOAT EHTIYOJLARI UCHUN YER UCHASTKALARINI AJRATISH – OCHIQ VA QONUNIY TARTIB ASOSIDA
Qonun ustuvorligi amalda: "Majnuntol" mahallasida "Mahalla yettiligi" faoliyati PF–116 Farmoni talablari asosida kompleks o‘rganildi

Mazkur Farmon ijrosini ta’minlash, shuningdek, Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida belgilangan vazifalar bajarilishini o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov, kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirov hamda 22-"Majnuntol" saylov okrugi deputati J.Xamroqulov ishtirokida "Majnuntol" mahallasida joyiga chiqib nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.

Farmon talablari asosida tizimli tahlil
O‘rganish davomida mahalla raisining muvofiqlashtiruvchi faoliyati alohida e’tiborga olindi. Xususan, mahalla raisi tomonidan "Mahalla yettiligi" faoliyatini samarali tashkil etish, davlat organlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, aholi murojaatlari bilan ishlash, mahallada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, obodonlashtirish, "Yashil makon" tadbirlarini tashkil etish, infratuzilmani rivojlantirish, ekologik madaniyatni yuksaltirish, sport va sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, kambag‘allikni qisqartirish, jinoyatchilik, ajrim, tazyiq va zo‘ravonlik, giyohvandlik kabi salbiy holatlarning oldini olish borasidagi ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, mahalla raisining uyma-uy yurish orqali fuqarolar muammolarini aniqlash, ularni "Mahalla yettiligi" hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, har oy va har chorak yakunlari bo‘yicha hisobot berish, davlat organlari rahbarlari axborotlarini eshitish hamda mahalla hayoti yuzasidan ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali aholini muntazam xabardor qilish bo‘yicha faoliyati ham o‘rganildi.

Nazorat davomida Farmonda belgilangan boshqa yo‘nalishlar ham alohida ko‘rib chiqildi:
Hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, imtiyozli kredit va subsidiyalarni maqsadli yo‘naltirish ishlari;
Xotin-qizlar faoli tomonidan xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish, notinch oilalar bilan manzilli ishlash hamda oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash choralari;
Yoshlar yetakchisi tomonidan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning iste’dodini qo‘llab-quvvatlash, "Besh tashabbus olimpiadasi"ni keng targ‘ib etish, bandligini ta’minlash va "Yoshlar daftari" bilan tizimli ishlash holati;
Ijtimoiy xodim tomonidan yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va ehtiyojmand oilalarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning sifati va manzilliligi amaldagi qonunchilik asosida baholandi.

O‘rganish yakunida Kengash raisi D.Normuradova Prezidentimiz tomonidan qabul qilinayotgan qonun va farmonlarning bosh maqsadi mahallani aholining muammolari joyida hal etiladigan, davlat va jamiyat o‘rtasidagi eng yaqin bo‘g‘inga aylantirish ekanini ta’kidlab, "Mahalla yettiligi" faoliyati quruq hisobot emas, balki fuqarolar manfaatiga xizmat qiladigan amaliy natijalar bilan baholanishi lozimligini qayd etdi.

Nazorat-tahlil natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, aholini qiynayotgan muammolarni qonuniy asosda hal etish hamda PF–116-son Farmonida belgilangan vazifalarning to‘liq ijrosini ta’minlash yuzasidan 22-"Majnuntol" saylov okrugi deputati J.Xamroqulov tomonidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari kiritilishi va ularning ijrosi Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan doimiy nazoratga olinishi belgilandi.

Qonun ustuvorligi, kuchli deputatlik nazorati va samarali "Mahalla yettiligi" faoliyati — xalq manfaatlari, inson qadri va farovon mahalla tamoyillarining amaldagi ifodasidir.

Slide 1 of 3