35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari bo‘yicha huquqlarni e’tirof etish tartibi belgilandi
янв.21
Kengash so‘rovi deputatlik nazoratining samarali mexanizmi
янв.21
“Tashabbusli budjet” tizimida yangi imkoniyatlar joriy etiladi
янв.21
Kengash kotibiyati samarali mahalliy boshqaruvning muhim bo‘g‘ini
янв.21
lohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa
янв.21
Davlat mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish muhim ustuvor vazifa
янв.21
"Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
янв.21
Huquqiy maslahat har bir fuqaro uchun ochiq imkoniyat
янв.21
MAHALLIY DAVLAT BOSHQARUVIDA OCHIQLIK VA SHAFFOFLIKNING YANGI BOSQICHI
янв.21
JAMOAT EHTIYOJLARI UCHUN YER UCHASTKALARINI AJRATISH – OCHIQ VA QONUNIY TARTIB ASOSIDA
A.Navoiy mahallasida aholi murojaatlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan “O‘zbekiston–2030” strategiyasining suv resurslaridan oqilona foydalanish yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda tumanda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish holati to‘g‘risida”gi masala yuzasidan hududlarda amaliy o‘rganishlar davom etmoqda.

Mazkur o‘rganish doirasida deputat D.Mardonova tomonidan A.Navoiy mahallasining 16 ta ko‘chasidan biri — Ipak yo‘li ko‘chasida uchrashuv tashkil etildi.

🤝 Deputat ko‘chaboshi Nazira opa Xalilova hamda ko‘cha faollari bilan muloqot o‘tkazib, hududdagi mavjud muammolarni tingladi.

Muloqot davomida quyidagi masalalar ko‘tarildi:

🔹 elektr ta’minotini yaxshilash; 🔹 hovlilarni sug‘orish uchun suv ta’minotini yo‘lga qo‘yish; 🔹 maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqishni ta’minlash. Mazkur masala navbatdagi sessiya doirasida ko‘rib chiqiladigan masala qatorida o‘rganiladi.

Slide 1 of 2