35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
янв.21
Huquqiy maslahat har bir fuqaro uchun ochiq imkoniyat
янв.21
MAHALLIY DAVLAT BOSHQARUVIDA OCHIQLIK VA SHAFFOFLIKNING YANGI BOSQICHI
янв.21
JAMOAT EHTIYOJLARI UCHUN YER UCHASTKALARINI AJRATISH – OCHIQ VA QONUNIY TARTIB ASOSIDA
янв.21
Yoshlar bandligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qaror
янв.21
"Yoshlar daftari" jamg‘armasi mablag‘lari qanday maqsadlarga yo‘naltiriladi?
янв.21
Huquqiy bilim – samarali deputatlik faoliyati asosi
янв.21
“Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
Deputat faoliyati - xalq manfaatlariga xizmat qiladi!
янв.21
Xorijga xizmat safari davrida, chet ellik fuqarolar bilan uchrashuvlarda deputatlik odob-axloq qoidalari
📍 Deputat qabuli: aholi murojaatlari e'tiborda

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashiga 8-Shovot saylov okrugidan saylangan deputat Yusupova Feruza Shuxratovna hamda Shovot tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi D. Abdrimova tomonidan 8-Shovot saylov okrugi hududida joylashgan Shovot mahallasi aholisi uchun navbatdagi sayyor qabul o'tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan yo'llar, kommunal xizmatlar, ijtimoiy masalalar hamda boshqa dolzarb yo'nalishlarga oid murojaatlar tinglandi. Bildirilgan barcha murojaatlar belgilangan tartibda deputatning hududlardagi muammolarni qayd etish daftariga ro'yxatga olindi.
Murojaatlarning ayrimlari yuzasidan fuqarolarga huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi. Qo'shimcha o'rganishni talab etadigan masalalar esa tegishli mutasaddi tashkilotlarga ijrosi nazoratga olinishi uchun yo'naltirilib, mas'ullarga aniq topshiriq va ko'rsatmalar berildi.
🤝 Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini tinglash hamda amaliy yechim topish deputatlik faoliyatining ustuvor yo'nalishlaridan biri bo'lib qoladi.

Slide 1 of 3