35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Tashqi reklama bozorini tartibga solish — shahar qiyofasi va tadbirkorlik muhitining muhim omili
янв.21
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari bo‘yicha huquqlarni e’tirof etish tartibi belgilandi
янв.21
Kengash so‘rovi deputatlik nazoratining samarali mexanizmi
янв.21
“Tashabbusli budjet” tizimida yangi imkoniyatlar joriy etiladi
янв.21
Kengash kotibiyati samarali mahalliy boshqaruvning muhim bo‘g‘ini
янв.21
lohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa
янв.21
Davlat mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish muhim ustuvor vazifa
янв.21
"Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
янв.21
Huquqiy maslahat har bir fuqaro uchun ochiq imkoniyat
янв.21
MAHALLIY DAVLAT BOSHQARUVIDA OCHIQLIK VA SHAFFOFLIKNING YANGI BOSQICHI
#qonun_targʻiboti

O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 22-iyuldagi O‘RQ-784-sonli “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida”gi Qonuni aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash, oqova suvlarni samarali boshqarish hamda ushbu sohadagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish maqsadida qabul qilingan.
Mazkur Qonunning asosiy maqsadi — fuqarolarning xavfsiz va sifatli ichimlik suvidan foydalanish huquqini ta’minlash, suv ta’minoti tizimlarining barqaror faoliyat yuritishini ta’minlash, oqova suvlarni chiqarib yuborish va tozalash jarayonlarini takomillashtirishdan iborat.

Qonunda ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi asosiy tushunchalar, iste’molchilarning huquq va majburiyatlari, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlarning vazifalari belgilab berilgan. Unga ko‘ra, ichimlik suvi inson salomatligi uchun xavfsiz bo‘lishi, sanitariya qoidalari, gigiyena talablari hamda davlat standartlariga muvofiq tayyorlanishi lozim.

Mazkur hujjatga asosan, davlat hududda iste’molchilarni belgilangan sifat talablariga javob beradigan ichimlik suvi bilan ta’minlashni kafolatlaydi. Shuningdek, sohada qonuniylik, ochiqlik va shaffoflik, iste’molchilar huquqlari hamda qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish kabi muhim tamoyillar belgilangan.

Qonunda ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimlarini rivojlantirish, ularning xavfsiz va ishonchli ishlashini ta’minlash, mavjud infratuzilmani modernizatsiya qilish hamda yangi loyihalarni amalga oshirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari sifatida qayd etilgan.

Qonunning muhim jihatlaridan biri — iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish mexanizmlarining belgilanganidir. Fuqarolar sifatli xizmat olish, xizmat ko‘rsatishdagi kamchiliklar yuzasidan murojaat qilish va o‘z qonuniy manfaatlarini himoya qilish huquqiga ega.

Shuningdek, ushbu sohada davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish hamda suv ta’minoti va oqova suv tizimlarini yanada takomillashtirish uchun huquqiy asoslar yaratilgan.

Xulosa qilib aytganda, “Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida”gi Qonun aholining hayot sifati va salomatligini ta’minlashga xizmat qiluvchi muhim huquqiy hujjatdir. Mazkur qonun suv resurslaridan oqilona foydalanish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash hamda zamonaviy kommunal infratuzilmani rivojlantirishga qaratilgan.

Qonun talablariga rioya etish davlat tashkilotlari bilan bir qatorda, har bir fuqaroning ham mas’uliyatli vazifasi hisoblanadi.

Slide 1 of 1