35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari bo‘yicha huquqlarni e’tirof etish tartibi belgilandi
янв.21
Kengash so‘rovi deputatlik nazoratining samarali mexanizmi
янв.21
“Tashabbusli budjet” tizimida yangi imkoniyatlar joriy etiladi
янв.21
Kengash kotibiyati samarali mahalliy boshqaruvning muhim bo‘g‘ini
янв.21
lohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa
янв.21
Davlat mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish muhim ustuvor vazifa
янв.21
"Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
янв.21
Huquqiy maslahat har bir fuqaro uchun ochiq imkoniyat
янв.21
MAHALLIY DAVLAT BOSHQARUVIDA OCHIQLIK VA SHAFFOFLIKNING YANGI BOSQICHI
янв.21
JAMOAT EHTIYOJLARI UCHUN YER UCHASTKALARINI AJRATISH – OCHIQ VA QONUNIY TARTIB ASOSIDA
MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASIDA OZIQ-OVQAT MAHSULOTINING SIFATI VA XAVFSIZLIGI TOʻGʻRISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi 5-Charx Kamolon saylov okrugi deputati Mahmudova Donoxon Artikovna deputatlik faoliyati doirasida hududdagi “Navbahor” maktabgacha ta’lim muassasasida “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (1997-yil 30-avgust, 483-I-son) ijrosi yuzasidan o‘rganish olib bordi.

O‘rganish jarayonida muassasada bolalar ovqatlanishini tashkil etish, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi, ularni saqlash hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, mahsulotlarning tegishli hujjatlar bilan ta’minlanganligi va amaldagi qonunchilik talablariga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek mas’ul xodimlarga amaldagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish, oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligini doimiy nazorat ostida saqlash bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 3