35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari bo‘yicha huquqlarni e’tirof etish tartibi belgilandi
янв.21
Kengash so‘rovi deputatlik nazoratining samarali mexanizmi
янв.21
“Tashabbusli budjet” tizimida yangi imkoniyatlar joriy etiladi
янв.21
Kengash kotibiyati samarali mahalliy boshqaruvning muhim bo‘g‘ini
янв.21
lohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa
янв.21
Davlat mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish muhim ustuvor vazifa
янв.21
"Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
янв.21
Huquqiy maslahat har bir fuqaro uchun ochiq imkoniyat
янв.21
MAHALLIY DAVLAT BOSHQARUVIDA OCHIQLIK VA SHAFFOFLIKNING YANGI BOSQICHI
янв.21
JAMOAT EHTIYOJLARI UCHUN YER UCHASTKALARINI AJRATISH – OCHIQ VA QONUNIY TARTIB ASOSIDA
#tavsiyalar #qonun_162
#tavsiyalar
#qonun_162

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish hamda obodonlashtirish oyligini yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab berilgan.

Mazkur topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputati Sh. Isamutdinov Abdulla Qodiriy mahalla fuqarolar yig‘ini hududida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarida faol ishtirok etmoqda.

Hududda ariq va yo‘l yoqalarini tartibga keltirish, begona o‘tlarni tozalash, sanitariya holatini yaxshilash hamda yashil hududlarni parvarishlash ishlari amalga oshirilmoqda. Bu kabi sa'y-harakatlar mahalla hududining yanada obod, ozoda va yashash uchun qulay bo‘lishiga xizmat qilmoqda.

Obod va fayzli mahalla — barchamizning umumiy mas'uliyatimizdir.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash
Slide 1 of 3