35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
"Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
янв.21
Huquqiy maslahat har bir fuqaro uchun ochiq imkoniyat
янв.21
MAHALLIY DAVLAT BOSHQARUVIDA OCHIQLIK VA SHAFFOFLIKNING YANGI BOSQICHI
янв.21
JAMOAT EHTIYOJLARI UCHUN YER UCHASTKALARINI AJRATISH – OCHIQ VA QONUNIY TARTIB ASOSIDA
янв.21
Yoshlar bandligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qaror
янв.21
"Yoshlar daftari" jamg‘armasi mablag‘lari qanday maqsadlarga yo‘naltiriladi?
янв.21
Huquqiy bilim – samarali deputatlik faoliyati asosi
янв.21
“Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonun
янв.21
Deputat faoliyati - xalq manfaatlariga xizmat qiladi!
янв.21
Xorijga xizmat safari davrida, chet ellik fuqarolar bilan uchrashuvlarda deputatlik odob-axloq qoidalari
Hamkorlik va amaliy huquqiy yordam: "Madad" NNT bilan birgalikda fuqarolar qabuli o‘tkazildi!
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining (NNT) Termiz shahar huquqiy maslahat byurosiga tashrif buyurdilar.

⏺Tashrif doirasida deputatlar va tashkilot mutaxassislari ishtirokida fuqarolarning muammolarini joyida hal etishga qaratilgan hamkorlikdagi ochiq qabul jarayonlari tashkil etildi.

💬Murojaat bilan kelgan har bir fuqaroning muammosi atroflicha tinglanib, ularga quyidagi yo‘nalishlarda amaliy ko‘mak berildi:

🟢Malakali huquqiy maslahatlar: Fuqarolarga oilaviy munosabatlar, uy-joy, mehnat nizolari, ijtimoiy nafaqalar va pensiya ta’minoti kabi dolzarb masalalarda bepul tushuntirishlar berildi;

🟢Hujjatlarni rasmiylashtirish: Huquqiy muammolarini hal etish maqsadida sudlar va tegishli davlat idoralariga taqdim qilinishi lozim bo‘lgan ariza, shikoyat hamda da’vo xatlarini bepul yozib berishda amaliy yordam ko‘rsatildi;

🟢Muammolarni nazoratga olish: Joyida hal etish imkoni bo‘lmagan bir qator murakkab masalalar deputat A.Ashurov tomonidan nazoratga olinib, tegishli tashkilotlar oldiga deputatlik so‘rovi orqali talablar qo‘yilishi belgilab olindi.

💬"Bizning “Madad” NNT bilan yo‘lga qo‘ygan hamkorligimiz ko‘plab ijtimoiy himoyaga muhtoj, advokat yollashga imkoni yo‘q fuqarolarimiz uchun haqiqiy najot maskani bo‘lmoqda. Qabulda odamlarimizning dardu tashvishlarini tinglab, ularga joyida huquqiy yechim topib berdik. Bunday qo‘shma qabullarni nafaqat byuro binosida, balki bevosita mahallalarda ham tizimli ravishda davom ettiramiz," — deya ta'kidladi deputat A.Ashurov.

🫥Xalq deputatlari Termiz shahar shahar Kengashi va “Madad” NNT o‘rtasidagi ushbu samarali hamkorlik aholining huquqiy himoyasini kuchaytirish hamda jamiyatda adolat tamoyillarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Slide 1 of 1