35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari bo‘yicha huquqlarni e’tirof etish tartibi belgilandi
янв.21
Kengash so‘rovi deputatlik nazoratining samarali mexanizmi
янв.21
“Tashabbusli budjet” tizimida yangi imkoniyatlar joriy etiladi
янв.21
Kengash kotibiyati samarali mahalliy boshqaruvning muhim bo‘g‘ini
янв.21
lohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa
янв.21
Davlat mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish muhim ustuvor vazifa
янв.21
"Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
янв.21
Huquqiy maslahat har bir fuqaro uchun ochiq imkoniyat
янв.21
MAHALLIY DAVLAT BOSHQARUVIDA OCHIQLIK VA SHAFFOFLIKNING YANGI BOSQICHI
янв.21
JAMOAT EHTIYOJLARI UCHUN YER UCHASTKALARINI AJRATISH – OCHIQ VA QONUNIY TARTIB ASOSIDA
Normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati targ‘ib qilindi

Xalq deputatlari Bo‘zatov tuman Kengashi huzuridagi doimiy komissiyalar raislari, SH.Berdaxov, J,Jumanazarov va komissiya a’zolari G.Yusupova hamda Ko‘cha oqsoqollari va nuroniylar ishtirokida normativ-huquqiy hujjatlar va xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan qabul qilingan qarorlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha targ‘ibot-tushuntirish tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning asosiy maqsadi, ularning fuqarolar hayotidagi ahamiyati, shuningdek, Kengash qarorlarining ijrosi va amaliy natijalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi. Ishtirokchilar tomonidan hujjatlarning mazmunini aholiga sodda va tushunarli tarzda yetkazish, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda qonun hujjatlarining ijrosini ta’minlash borasida fikr-mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, tadbir yakunida normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlashda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, fuqarolar bilan ochiq muloqotni davom ettirish va bu boradagi targ‘ibot ishlarini izchil tashkil etish yuzasidan kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 4