Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish – moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish yo‘lida
янв.21
Deputatlik faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaga qarshi kurashish
янв.21
Konstitutsiyani o‘rganamiz: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 120-moddasi
янв.21
Deputatning xizmatdan tashqari vaqtdagi xulq-atvori va kiyinish odobi
янв.21
Huquqiy bilim - samarali deputatlik faoliyati asosi
янв.21
“TURIZM TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI (O‘RQ–549)
янв.21
“KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
DEPUTATLIK ODOBI — JAMOATCHILIK ISHONCHINING MUHIM OMILI
янв.21
“Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
янв.21
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
Kotib

Mirzo Ulug‘bek tumani “Navnihol” mahalla hududidagi 38-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari o‘tkazildi.

Unda bolalarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish, umumiy xavfsizlikni ta’minlash, elektr va sanitariya talablariga rioya etish, shuningdek, obodonlashtirish hamda yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilinishi holatlari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimini ilg‘or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish, pedagog kadrlar salohiyatini oshirish, shuningdek, bolalarni o‘yinga yo‘naltirilgan ta’lim asosida milliy g‘urur va Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash maqsadida amalga oshirlayotgan ishlar haqida suhbatlashildi.

O‘rganishlar davomidagi kamchiliklar muhokama qilinib, ularni bartaraf etish hamda sohadagi ish samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Ushbu o‘rganish tadbirlarida Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Jamoliddin Kuchkarov ham ishtirok etdi.

Slide 1 of 4