Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish – moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish yo‘lida
янв.21
Deputatlik faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaga qarshi kurashish
янв.21
Konstitutsiyani o‘rganamiz: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 120-moddasi
янв.21
Deputatning xizmatdan tashqari vaqtdagi xulq-atvori va kiyinish odobi
янв.21
Huquqiy bilim - samarali deputatlik faoliyati asosi
янв.21
“TURIZM TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI (O‘RQ–549)
янв.21
“KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
DEPUTATLIK ODOBI — JAMOATCHILIK ISHONCHINING MUHIM OMILI
янв.21
“Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
янв.21
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
#_munosabat

 Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Toshkent viloyatining Bekobod shahriga tashrifi doirasida O‘zbekiston metallurgiya kombinatida amalga oshirilayotgan ishlar va istiqbolli investitsiya loyihalari bilan tanishishi mamlakatimiz sanoatini yanada yuksaltirishga qaratilgan izchil islohotlarning amaliy ifodasidir.
🔹Metallurgiya tarmog‘ini modernizatsiya qilish, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, yangi texnologiyalarni joriy etish va eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha belgilanayotgan vazifalar iqtisodiyotimiz barqarorligiga mustahkam zamin yaratadi. Bu jarayon, ayniqsa, yangi ish o‘rinlarini tashkil etish, mahalliy sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish va aholi bandligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
🔹Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati sifatida bunday yirik sanoat loyihalarining amalga oshirilishi hududlarda ham ishlab chiqarishni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb qilish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga kuchli turtki berishini alohida ta’kidlayman. Prezidentimiz rahbarligida amalga oshirilayotgan sanoat siyosati mamlakatimiz iqtisodiy qudratini yanada mustahkamlab, aholi farovonligini yuksaltirishga xizmat qilishiga ishonchim komil.