Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish – moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish yo‘lida
янв.21
Deputatlik faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaga qarshi kurashish
янв.21
Konstitutsiyani o‘rganamiz: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 120-moddasi
янв.21
Deputatning xizmatdan tashqari vaqtdagi xulq-atvori va kiyinish odobi
янв.21
Huquqiy bilim - samarali deputatlik faoliyati asosi
янв.21
“TURIZM TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI (O‘RQ–549)
янв.21
“KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
DEPUTATLIK ODOBI — JAMOATCHILIK ISHONCHINING MUHIM OMILI
янв.21
“Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
янв.21
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
DEPUTAT TOMONIDAN AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 5-Changi saylov okrugidan saylangan deputat Mahkamova Feruza Sa'diyevna tomonidan deputatlik nazorati doirasida Parkent tuman Axborot-kutubxona markazi faoliyati
o‘rganildi.O‘rganish jarayonida markazning ish faoliyati, kitob fondi, kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda axborot-kutubxona xizmatlari sifati bilan tanishildi. Shuningdek, amaldagi qonunchilikdagi yangiliklar va qabul qilinayotgan me'yoriy-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.Ma'lumotlarga ko‘ra, Axborot-kutubxona markazi fondida 66 ming 722 ta adabiyot, shundan 52 ming 937 tasi kitob bo‘lib, markaz xizmatidan foydalanuvchi kitobxonlar soni 9 ming 675 nafarga yetgan.Shuningdek, muassasa xodimlarining taklif va mulohazalari tinglanib, axborot-kutubxona markazi faoliyatini yanada takomillashtirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib etish hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar va bildirilgan takliflar yuzasidan tegishli xulosalar chiqarilib, masala deputatlik nazorati doirasida nazoratga olindi. Deputatlik nazorati bunday o‘rganishlar orqali aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish va sohada mavjud muammolarni bartaraf etishga xizmat qiladi.
  

Slide 1 of 5