35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
lohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa
янв.21
Davlat mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish muhim ustuvor vazifa
янв.21
"Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
янв.21
Huquqiy maslahat har bir fuqaro uchun ochiq imkoniyat
янв.21
MAHALLIY DAVLAT BOSHQARUVIDA OCHIQLIK VA SHAFFOFLIKNING YANGI BOSQICHI
янв.21
JAMOAT EHTIYOJLARI UCHUN YER UCHASTKALARINI AJRATISH – OCHIQ VA QONUNIY TARTIB ASOSIDA
янв.21
Yoshlar bandligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qaror
янв.21
"Yoshlar daftari" jamg‘armasi mablag‘lari qanday maqsadlarga yo‘naltiriladi?
янв.21
Huquqiy bilim – samarali deputatlik faoliyati asosi
янв.21
“Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonun
O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda tasdiqlangan reja-jadvalga muvofiq, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 4-Yo‘rmado‘z saylov okrugida deputatlik o‘rni vakant bo‘lganligi sababli, Kengash kotibiyati mudiri Abdumalik Ermatov tomonidan saylovchilar oldida 2026-yilning birinchi yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi.

Uchrashuvda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A. Ermatov, kotibiyat bosh mutaxassisi Z. Yakubova, “Madad” nodavlat notijorat huquqiy maslahat byurosi Marg‘ilon shahar bosh mutaxassisi S. Ismoilov, Yoshlar maslahat guruhi a’zosi E.Nishonov, mahalla yettiligi vakillari, shahar kommunal xizmatlari mutasaddilari hamda Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida Kengash kotibiyati tomonidan tayyorlangan tahliliy ma’lumotlar asosida Marg‘ilon shahrini 2026-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturida belgilangan loyihalar ijrosi, hududlarda olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, aholi murojaatlari asosida amalga oshirilgan chora-tadbirlar hamda saylov okrugida bajarilgan ishlar yuzasidan batafsil axborot taqdim etildi.

Shuningdek, Yo‘rmado‘z mahalla fuqarolar yig‘ini hududida amalga oshirilgan hamda kelgusida rejalashtirilgan ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar, ichki yo‘llarni ta’mirlash, ichimlik suvi va elektr ta’minotini yaxshilash, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, hududlarni obodonlashtirish hamda aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan loyihalarning amalga oshirilish bosqichlari va kutilayotgan natijalari alohida ta’kidlab o‘tildi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif, mulohaza va murojaatlar tinglanib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga aniq vazifalar belgilandi. Shuningdek, murojaatlarning ijrosini nazoratga olish va ularning qonunchilik doirasida hal etilishini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi qayd etildi.

Uchrashuv yakunida saylovchilar tomonidan hududdagi ayrim dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Xususan, Yo‘rmado‘z MFY hududidagi ariqlarni tozalash, ularning oqimini yaxshilash hamda To‘ralar ko‘chasida ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammoni bartaraf etish yuzasidan murojaatlar kelib tushdi. Mazkur murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, ularni hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishi hamda ijrosi nazoratga olinishi ma’lum qilindi.

Mazkur uchrashuv aholini Kengash faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, saylovchilar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda hududlarni kompleks rivojlantirishga qaratilgan ishlarning samaradorligini yanada oshirishga xizmat qildi.

Slide 1 of 7