35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
lohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa
янв.21
Davlat mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish muhim ustuvor vazifa
янв.21
"Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
янв.21
Huquqiy maslahat har bir fuqaro uchun ochiq imkoniyat
янв.21
MAHALLIY DAVLAT BOSHQARUVIDA OCHIQLIK VA SHAFFOFLIKNING YANGI BOSQICHI
янв.21
JAMOAT EHTIYOJLARI UCHUN YER UCHASTKALARINI AJRATISH – OCHIQ VA QONUNIY TARTIB ASOSIDA
янв.21
Yoshlar bandligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qaror
янв.21
"Yoshlar daftari" jamg‘armasi mablag‘lari qanday maqsadlarga yo‘naltiriladi?
янв.21
Huquqiy bilim – samarali deputatlik faoliyati asosi
янв.21
“Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonun
O‘rganishlarning yakuniy manzili – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toshkent shahar Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati #Sessiya_oldi_organish

❗️ O‘rganishlarning yakuniy manzili – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toshkent shahar Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazi

🏛 Yakuniy manzili sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toshkent shahar Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazi faoliyati o‘rganildi. Deputatlar tomonidan namunaviy doimiy komissiya qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan markaz faoliyati joyiga chiqib atroflicha tahlil qilindi.

📝 O‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasining "Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida"gi Qonuni, Prezidentimizning nogironligi bo‘lgan shaxslar va bolalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirish hamda "Erta aralashuv", "Kunduzgi parvarish", "Teng imkon — inklyuziv bandlik" dasturlariga oid farmon va qarorlari, shuningdek, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 2025-yil 20-oktabrdagi VII-15-165-14-0-K/25-son qarori ijrosi doirasida tashkil etildi.

🏢 Markaz rahbariyati deputatlarni muassasada yaratilgan sharoitlar, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi, reabilitatsiya xonalari, mashg‘ulot va kasb-hunarga yo‘naltirish hududlari hamda fuqarolar uchun yaratilgan qulayliklar bilan tanishtirdi. Tashrif davomida deputatlar nuroniylar va ijtimoiy xizmat oluvchilarning qo‘l mehnati mahsuli bo‘lgan turli ijodiy ishlari bilan ham yaqindan tanishdilar. Jumladan, tasviriy san’at namunalari, rangtasvir asarlari, milliy hunarmandchilik buyumlari, tikuvchilik va to‘quvchilik mahsulotlari, qo‘l mehnati asosida tayyorlangan bezak buyumlari hamda boshqa ijodiy ishlanmalar ko‘zdan kechirildi. Mazkur ishlar ijtimoiy xizmat oluvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijodiy salohiyatini rivojlantirish va jamiyatga faol integratsiyalashuviga xizmat qilayotgani alohida e’tirof etildi.

🔍 O‘rganish jarayonida deputatlar tomonidan tavsiyaviy savolnomada belgilangan masalalar yuzasidan markaz mutasaddilariga qator savollar berildi. Xususan, keksalar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifati, tibbiy reabilitatsiya xizmatlari, nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, "Teng imkon — inklyuziv bandlik" dasturi ijrosi, "Davlat ta’minotidagi oila" toifasidagi oilalar bilan manzilli ishlash, ijtimoiy himoya tizimining manzilliligi, hududiy dasturlar ijrosi hamda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining VII-15-165-14-0-K/25-son qarori bo‘yicha belgilangan topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan batafsil ma’lumotlar olindi.

💬 Markaz mutasaddilari deputatlar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berib, aholining ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, nogironligi bo‘lgan shaxslarning mustaqil hayot kechirishi uchun zarur sharoitlar yaratish, reabilitatsiya xizmatlarini kengaytirish, kasbga o‘qitish va bandligini ta’minlash, ijtimoiy xizmatlarni raqamlashtirish hamda mahallalar bilan hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil axborot berdilar.

🤝 Tashrif davomida deputatlar markaz xizmatlaridan foydalanayotgan fuqarolar, nuroniylar hamda ularning yaqinlari bilan ham muloqot qilib, yaratilgan sharoitlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va mavjud muammolar yuzasidan fikr-mulohazalarini tingladilar. Bildirilgan takliflar asosida ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash, reabilitatsiya imkoniyatlarini kengaytirish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash hamda ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish yuzasidan qator tavsiyalar bildirildi.

⚖️ O‘rganish yakunida aniqlangan masalalarni qonunchilik doirasida hal etish, zarur hollarda ularni Toshkent shahar Kengashi doimiy komissiyasi va sessiyasi muhokamasiga kiritish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yechim ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10