Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Nobank kredit tashkilotlari va mikromoliyalashtirish – moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish yo‘lida
янв.21
Deputatlik faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiyaga qarshi kurashish
янв.21
Konstitutsiyani o‘rganamiz: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 120-moddasi
янв.21
Deputatning xizmatdan tashqari vaqtdagi xulq-atvori va kiyinish odobi
янв.21
Huquqiy bilim - samarali deputatlik faoliyati asosi
янв.21
“TURIZM TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI (O‘RQ–549)
янв.21
“KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH TO‘G‘RISIDA”GI QONUN IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
DEPUTATLIK ODOBI — JAMOATCHILIK ISHONCHINING MUHIM OMILI
янв.21
“Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
янв.21
“Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
#_munosabat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Islom dunyosi ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti rahbari Salim al-Malik bilan uchrashuvi mamlakatimizda ta’lim, ilm-fan va madaniy merosni asrash hamda xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi.
➡️Bugun Yangi O‘zbekistonda inson kapitaliga investitsiya kiritish, yoshlarni zamonaviy bilim va kasb-hunarlarga ega etish, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Ushbu uchrashuvda muhokama qilingan tashabbuslar ana shu ezgu maqsadlarga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
➡️Deputati sifatida ta’lim sifati, ilm-fanni rivojlantirish va madaniy meros obyektlarini asrashga qaratilgan xalqaro hamkorlikning kengayishi hududlarda ham yangi imkoniyatlarni yaratadi, deb hisoblayman. Bu esa yoshlarimizning intellektual salohiyatini oshirish, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash va mamlakatimizning xalqaro nufuzini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
➡️Biz ham mahalliy Kengash deputatlari ushbu islohotlarni joylarda qo‘llab-quvvatlash, ta’lim muassasalari, madaniyat va ma’naviyat sohasida amalga oshirilayotgan ishlar ustidan samarali deputatlik nazoratini ta’minlash hamda aholi bilan muloqotlarda mazkur tashabbuslarni keng targ‘ib qilishga munosib hissa qo‘shishimiz zarur.