35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
lohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa
янв.21
Davlat mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish muhim ustuvor vazifa
янв.21
"Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
янв.21
Huquqiy maslahat har bir fuqaro uchun ochiq imkoniyat
янв.21
MAHALLIY DAVLAT BOSHQARUVIDA OCHIQLIK VA SHAFFOFLIKNING YANGI BOSQICHI
янв.21
JAMOAT EHTIYOJLARI UCHUN YER UCHASTKALARINI AJRATISH – OCHIQ VA QONUNIY TARTIB ASOSIDA
янв.21
Yoshlar bandligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qaror
янв.21
"Yoshlar daftari" jamg‘armasi mablag‘lari qanday maqsadlarga yo‘naltiriladi?
янв.21
Huquqiy bilim – samarali deputatlik faoliyati asosi
янв.21
“Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonun
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining haftalik ish rejasi: 🏛 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining navbatdagi haftalik ish rejasi doirasida deputatlar tomonidan hududlarda tizimli o‘rganish ishlari, aholi bilan uchrashuvlar hamda muhim tashkiliy tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining haftalik ish rejasi:

🏛 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining navbatdagi haftalik ish rejasi doirasida deputatlar tomonidan hududlarda tizimli o‘rganish ishlari, aholi bilan uchrashuvlar hamda muhim tashkiliy tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.

🗓 13-iyul, dushanba kuni Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Sh.Umarxodjayeva tomonidan “G'alaba” mahallasi hududidagi 298-sonli umumta'lim maktabidagi "Dolzarb-90" doirasida tashkil qilingan Yozgi sog'lomlashtirish oromgohi joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib boriladi;

Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining navbatdagi sessiya yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish ishlarini rasmiylashtirish;

🔍 Mas’ul: B.Xoliqjonova

🗓 14-iyul seshanba kuni Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi Sh.Umarxodjayeva tomonidan
9-sonli Ko‘p tarmoqli Oilaviy poliklinikada Aholiga o‘zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi hamda bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash holatlari yuzasidan Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida hududlarda o‘rganish ishlari olib boriladi.

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Mahalliy budjetni shakllantirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi rejalahstirilgan.

🔍 Mas’ul: B.Xoliqjonova

🗓 15-iyul chorshanba kuni Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo'lib o'tishi rejalashtirilgan.

🔍 Mas’ul: B.Xoliqjonova

🗓 16-iyul payshanba kuni Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Parizod Ziyo tomonidan "Miskin" MFY yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘rib chiqiladi. Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida hududlarda o‘rganish ishlari olib boriladi.

🔍 Mas’ul: B.Xoliqjonova

🗓 17-iyul juma kuni Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati F.Abidjanova "Oltinsoy" MFY yettilik vakillari bilan uchrashuvi hamda Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida hududlarda o‘rganish ishlari olib boradi.

🔍 Mas’ul: B.Xoliqjonova

📌 Mazkur vazifalarning o‘z vaqtida va samarali ijrosini ta’minlash Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi kotibiyati xodimlari tomonidan doimiy nazoratga olingan.

👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 1