35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari bo‘yicha huquqlarni e’tirof etish tartibi belgilandi
янв.21
Kengash so‘rovi deputatlik nazoratining samarali mexanizmi
янв.21
“Tashabbusli budjet” tizimida yangi imkoniyatlar joriy etiladi
янв.21
Kengash kotibiyati samarali mahalliy boshqaruvning muhim bo‘g‘ini
янв.21
lohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa
янв.21
Davlat mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish muhim ustuvor vazifa
янв.21
"Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
янв.21
Huquqiy maslahat har bir fuqaro uchun ochiq imkoniyat
янв.21
MAHALLIY DAVLAT BOSHQARUVIDA OCHIQLIK VA SHAFFOFLIKNING YANGI BOSQICHI
янв.21
JAMOAT EHTIYOJLARI UCHUN YER UCHASTKALARINI AJRATISH – OCHIQ VA QONUNIY TARTIB ASOSIDA
Qonun hujjatlari va Kengash qarorlari ijrosi joyiga chiqqan holda o‘rganildi

Qonun hujjatlari va Kengash qarorlari ijrosi joyiga chiqqan holda o‘rganildi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputatlari tomonidan Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq, navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritiladigan masalani tayyorlash maqsadida Termiz tumani Obodonlashtirish boshqarmasida tegishli hududda qonun hujjatlari hamda Xalq deputatlari Kengashi qarorlarining davlat organlari tomonidan ijro etilishi holati, shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyoti joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida amaldagi qonunchilik hujjatlari ijrosi, qabul qilingan Kengash qarorlarining bajarilish darajasi, mavjud holat hamda navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritiladigan masala yuzasidan atroflicha tahlillar olib borildi.

Aniqlangan holatlar asosida tegishli xulosa va takliflar ishlab chiqilib, kamchiliklarni bartaraf etish, ijro intizomini yanada mustahkamlash hamda faoliyat samaradorligini oshirish yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Mazkur o‘rganish natijalari Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqiladigan masalani sifatli tayyorlash hamda hududlarda qonun hujjatlari va Kengash qarorlarining ijrosini ta'minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4