35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari bo‘yicha huquqlarni e’tirof etish tartibi belgilandi
янв.21
Kengash so‘rovi deputatlik nazoratining samarali mexanizmi
янв.21
“Tashabbusli budjet” tizimida yangi imkoniyatlar joriy etiladi
янв.21
Kengash kotibiyati samarali mahalliy boshqaruvning muhim bo‘g‘ini
янв.21
lohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa
янв.21
Davlat mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish muhim ustuvor vazifa
янв.21
"Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
янв.21
Huquqiy maslahat har bir fuqaro uchun ochiq imkoniyat
янв.21
MAHALLIY DAVLAT BOSHQARUVIDA OCHIQLIK VA SHAFFOFLIKNING YANGI BOSQICHI
янв.21
JAMOAT EHTIYOJLARI UCHUN YER UCHASTKALARINI AJRATISH – OCHIQ VA QONUNIY TARTIB ASOSIDA
MANZILLI DASTUR IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadlarini oshirish, barqaror ish o‘rinlari yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 49-sonli qarori hamda Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining 2026-yil 12-maydagi VII-33-56-10-0-K/26-sonli qarori ijrosi doirasida Parkent tumanining “Nevich” mahalla fuqarolar yig‘inida og‘ir toifadagi mahallalarni kompleks rivojlantirish bo‘yicha manzilli dastur asosida qator qurilish va ta’mirlash ishlari rejalashtirilgan.Mazkur manzilli dastur doirasida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi hamda ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi ustidan deputatlik nazoratini olib borish maqsadida Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashining 21-“Nevich” saylov okrugidan saylangan deputati Yoqubova Xusnora Abduxamidovna “Nevich” MFY raisi M. Yo‘ldashov bilan uchrashdi.Uchrashuv davomida manzilli dastur doirasida belgilangan ishlarning ijro holati, ularning sifatli va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi hamda ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish masalalari muhokama qilindi. Deputat tomonidan mazkur yo‘nalishdagi ishlar yuzasidan deputatlik nazorati izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.  

Slide 1 of 2