35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari bo‘yicha huquqlarni e’tirof etish tartibi belgilandi
янв.21
Kengash so‘rovi deputatlik nazoratining samarali mexanizmi
янв.21
“Tashabbusli budjet” tizimida yangi imkoniyatlar joriy etiladi
янв.21
Kengash kotibiyati samarali mahalliy boshqaruvning muhim bo‘g‘ini
янв.21
lohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa
янв.21
Davlat mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish muhim ustuvor vazifa
янв.21
"Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
янв.21
Huquqiy maslahat har bir fuqaro uchun ochiq imkoniyat
янв.21
MAHALLIY DAVLAT BOSHQARUVIDA OCHIQLIK VA SHAFFOFLIKNING YANGI BOSQICHI
янв.21
JAMOAT EHTIYOJLARI UCHUN YER UCHASTKALARINI AJRATISH – OCHIQ VA QONUNIY TARTIB ASOSIDA
TIBBIYOT BIRLASHMASI RAHBARINING HISOBOTI OLDIDAN DEPUTAT TOMONIDAN JOYLARDA O‘RGANISH OLIB BORILDI. AHOLIGA O‘Z VAQTIDA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 7-Xisorak saylov okrugidan saylangan deputat Mannonov Abduzarif Abduraufovich tomonidan o‘zi saylangan hududdagi “Chinorbuloq” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 48-son oilaviy shifokorlik punktida deputatlik nazorati doirasida o‘rganish ishlari olib borildi.Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashining navbatdagi Doimiy komissiyasi yig`lishida muhokama qilinishi rejalashtirilgan masala Parkent tuman tibbiyot birlashmasi rahbarining hisoboti yuzasidan joylarda nazorat-tahlil tadbirlarini o‘tkazish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifatini o‘rganishdan iborat bo‘ldi.O‘rganish davomida deputat oilaviy shifokorlik punkti rahbari bilan uchrashib, aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi, tibbiyot muassasasida yaratilgan sharoitlar hamda mavjud muammolar yuzasidan fikr almashdi.Shuningdek, muassasada raqamli tibbiy xizmatlarni joriy etish holati ham o‘rganildi. Xususan, DMED ilovasi orqali oilaviy shifokor qabuliga onlayn yozilish, tashriflar tarixini kuzatish hamda fuqarolar uchun qulay vaqtga elektron navbat belgilash imkoniyatlari amaliy jihatdan ko‘rib chiqildi.Nazorat tadbiri davomida avvalgi o‘rganishlarda aniqlangan masalalar ijrosi ham tahlil qilindi.Jumladan, patronaj xizmatlarini amalga oshirish uchun ajratilgan tibbiyot avtotransportini yoqilg‘i bilan ta’minlash muammosi hanuzgacha o‘z yechimini topmagani qayd etildi. Mazkur
masalani bartaraf etish yuzasidan uni tegishli tashkilotlarga kiritish va deputatlik nazoratiga olish bo‘yicha kelishuvga erishildi.Deputat tomonidan birlamchi tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda raqamli xizmatlardan samarali foydalanishni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.O‘rganish yakunida muassasaga murojaat qilgan fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, Parkent tuman tibbiyot birlashmasi rahbarining navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqiladigan hisoboti yuzasidan aholini qiynayotgan muammolar va takliflar o‘rganildi. Bildirilgan masalalar bo‘yicha navbatdagi doimiy komissiya yig‘ilishida mas’ul tashkilot va muassasa rahbarlariga deputatlik nazorati tartibida tegishli savollar kiritilishi belgilandi.
  

Slide 1 of 4