Bank tizimi takomillashmoqda: qonunchilikdagi muhim o‘zgarishlar
Oʻzbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonuni bank-moliya tizimini zamon talablari asosida takomillashtirish, banklar faoliyatining ochiqligi va barqarorligini ta’minlashga xizmat qiladi. Mazkur qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 22-iyulda qabul qilingan hamda Senat tomonidan 2019-yil 11-oktabrda ma’qullangan.
Qonun bilan banklar faoliyatini tartibga solishning zamonaviy mexanizmlari joriy etilib, mijozlar manfaatlarini himoya qilish, bank xizmatlari sifatini oshirish hamda moliyaviy barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan qator normalar belgilandi. Shuningdek, bank boshqaruvi, tavakkalchiliklarni boshqarish va nazorat tizimlarini xalqaro standartlar asosida takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilgan.
Mazkur huquqiy hujjat mamlakatimiz bank sektorining raqobatbardoshligini oshirish, investorlar va omonatchilar ishonchini mustahkamlash hamda iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga xizmat qiluvchi muhim qadam hisoblanadi.