Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
ZOMIN TUMANIDA “DXX KUBOGI – 2026” MUSOBAQASI G‘OLIBLARI TANTANALI TARZDA TAQDIRLANDI
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati M.Egamnazarov hududda mahalliy budjet daromadlarini shakllantirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning undirilishi hamda soliq qarzdorligi holatini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati S.Bekmurodova tomonidan Chorvador mahallasida kuzatilgan sel va suv toshqini holatlari yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati Q.O'rolov tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularning muammolariga yechim topish maqsadida navbatdagi qabul o‘tkazildi.
янв.21
Deputat G.Maxsudova tomonidan savolnoma asosida hududdagi yoshlarning murojaatlari o‘rganilmoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati Y.Safarov hududda mahalliy budjet daromadlarini shakllantirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning undirilishi hamda mavjud soliq qarzdorligi holatini o‘rganmoqda.
янв.21
Zomin tumanida sel oqibatlarini bartaraf etish ishlari tunu kun davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati I.Kucharov navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan tuman davlat soliq inspeksiyasi rahbarining mahalliy budjet daromadlari bajarilishi holati to‘g‘risidagi hisobotini har tomonlama o‘rganish maqsadida hududlarda o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati I.Kucharov tomonidan tuman elektr tarmoqlari korxonasiga deputatlik soʻrovi yuborildi.
янв.21
Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni
ZOMIN TUMANIDA “DXX KUBOGI – 2026” MUSOBAQASI G‘OLIBLARI TANTANALI TARZDA TAQDIRLANDI

Yoshlarni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish, ularni sportga keng jalb etish hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida tashkil etilgan “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi – 2026” sport musobaqasining Zomin tuman bosqichi yakunlanib, g‘olib va sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Zomin tumani hokimi, tuman Kengashi deputati Alisher Abdug‘aniyev, Zomin tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, podpolkovnik Isroil Nurmatov, Zomin tumani prokurori Hamidullo Abdullayev, mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida tuman hokimi so‘zga chiqib sport musobaqalarining yoshlarni jismonan barkamol, ma’nan yetuk va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashdagi o‘rni va ahamiyatiga alohida to‘xtalib, musobaqa ishtirokchilarini erishgan yutuqlari bilan samimiy tabrikladi.

Tadbirning eng hayajonli lahzalari Davlat xavfsizlik xizmati kubogi doirasida o‘tkazilgan futbol va mini futbol musobaqalari g‘oliblarini taqdirlash jarayonida namoyon bo‘ldi. Faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan jamoalar tantanali ravishda e’tirof etildi.

Tadbir davomida O‘zbekiston milliy terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida yoshlar ishtirokida ommaviy fleshmob namoyish etildi. Vatanparvarlik va birdamlik ruhida tashkil etilgan ushbu chiqishlar tadbirga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.

Shuningdek, xushovoz san’atkorlar ishtirokidagi konsert dasturi yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat ulashdi. Yangragan kuy-qo‘shiqlar va sahna chiqishlari tadbirning ko‘tarinki ruhda o‘tishiga xizmat qildi.

Mazkur tadbir yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ommaviy sportni rivojlantirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda yurtimizda hukm surayotgan tinchlik, totuvlik va birdamlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Slide 1 of 9