35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari bo‘yicha huquqlarni e’tirof etish tartibi belgilandi
янв.21
Kengash so‘rovi deputatlik nazoratining samarali mexanizmi
янв.21
“Tashabbusli budjet” tizimida yangi imkoniyatlar joriy etiladi
янв.21
Kengash kotibiyati samarali mahalliy boshqaruvning muhim bo‘g‘ini
янв.21
lohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa
янв.21
Davlat mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish muhim ustuvor vazifa
янв.21
"Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
янв.21
Huquqiy maslahat har bir fuqaro uchun ochiq imkoniyat
янв.21
MAHALLIY DAVLAT BOSHQARUVIDA OCHIQLIK VA SHAFFOFLIKNING YANGI BOSQICHI
янв.21
JAMOAT EHTIYOJLARI UCHUN YER UCHASTKALARINI AJRATISH – OCHIQ VA QONUNIY TARTIB ASOSIDA
Deputat tashabbusi bilan muammoga tezkor yechim topildi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Deputat tashabbusi bilan muammoga tezkor yechim topildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Sakinaxon Said Gaziyeva tomonidan 24-Olmazor saylov okrugida saylovchilar bilan uchrashuvlarda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan ishchi guruh hamkorligida manzilli o‘rganishlar olib borildi.

🔎 O‘rganishlar davomida Chilonzor tumanidagi 168-sonli umumta’lim maktabi atrofida drenaj tizimining ishdan chiqqani, lotoklarning yopib tashlangani, piyodalar uchun xavfsiz yo‘lak mavjud emasligi hamda maktab oldidagi transport qatnovining haddan tashqari yuqoriligi tufayli o‘quvchilar harakati uchun xavfli vaziyat yuzaga kelayotgani aniqlandi. Bu holat ota-onalar va mahalla ahli tomonidan haqli e’tirozlarga sabab bo‘lib kelayotgan edi.

📌 Hududga joyiga chiqqan holda o‘tkazilgan o‘rganish jarayonida deputat mahalla faollari, fuqarolar hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar vakillari bilan birgalikda mavjud muammolarni atroflicha muhokama qildi va ularni bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalarni belgilab berdi.

📝 Deputat tashabbusi va qat’iy sa’y-harakatlari natijasida shu kunning o‘zidayoq maktab oldiga to‘xtab turish va harakat xavfsizligini ta’minlovchi yo‘l belgilari o‘rnatildi. Mazkur tezkor choralar o‘quvchilarning maktabga kelib-ketishida xavfsizlikni ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda ota-onalarning xavotirlarini kamaytirishda muhim qadam bo‘ldi.

📉 Shuningdek, hududdagi piyodalar yo‘lagini barpo etish, drenaj tizimini qayta tiklash va lotoklarni tartibga keltirish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish hamda amaliy ishlarni boshlash yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi.

🤝 Mazkur o‘rganishlar davomida ko‘tarilgan boshqa dolzarb masalalar yuzasidan ham tegishli tashkilot va idoralar rahbarlariga deputatlik so‘rovlari yuborilib, ularning ijrosi deputat nazoratiga olindi. Bu esa hududdagi mavjud muammolarni bosqichma-bosqich hal etish, fuqarolar uchun yanada qulay va xavfsiz muhit yaratishga xizmat qiladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 3