35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari bo‘yicha huquqlarni e’tirof etish tartibi belgilandi
янв.21
Kengash so‘rovi deputatlik nazoratining samarali mexanizmi
янв.21
“Tashabbusli budjet” tizimida yangi imkoniyatlar joriy etiladi
янв.21
Kengash kotibiyati samarali mahalliy boshqaruvning muhim bo‘g‘ini
янв.21
lohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa
янв.21
Davlat mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish muhim ustuvor vazifa
янв.21
"Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
янв.21
Huquqiy maslahat har bir fuqaro uchun ochiq imkoniyat
янв.21
MAHALLIY DAVLAT BOSHQARUVIDA OCHIQLIK VA SHAFFOFLIKNING YANGI BOSQICHI
янв.21
JAMOAT EHTIYOJLARI UCHUN YER UCHASTKALARINI AJRATISH – OCHIQ VA QONUNIY TARTIB ASOSIDA
Shomansur Sagdullayev 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Shomansur Sagdullayev 2026-yilning birinchi choragi bo‘yicha axborot berdi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Shomansur Sagdullayev 2026-yilning birinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan 3–“Shahriobod” saylov okrugi saylovchilari bilan uchrashib, axborot berdi.

📝 Mazkur uchrashuvda Xalq deputatlari Toshkent shahar va Mirzo Ulug‘bek tuman Kengashi deputatlari, Mirzo Ulug‘bek tumani “Yagona darcha” markazi yuristi, “Alpomish” MFY raisi, hokim yordamchilari, mahalla faollari hamda deputat qabuliga kelgan fuqarolar ishtirok etdi.

🔎 Uchrashuv davomida deputat tomonidan hisobot davrida amalga oshirilgan ishlar, aholi murojaatlari asosida ko‘rilgan amaliy choralar hamda hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etish borasida olib borilgan sa’y-harakatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Xususan, fuqarolar bilan o‘tkazilgan muloqotlarda asosan noqonuniy qurilishlar, ichki yo‘llarni ta’mirlash, kommunal xizmatlar sifati, issiqlik ta’minoti, ichimlik suvi va oqova tarmoqlaridagi muammolar ko‘tarilib, ular yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy ishlar olib borilgani qayd etildi.

💡 Shuningdek, deputat tashabbusi bilan 2 ta sayyor qabul tashkil etilib, 6 nafar fuqaroning 5 ta murojaat va takliflari tinglandi. Ularning 4 tasi ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qolgan murojaatlar yuzasidan tegishli mas’ul idora va tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari hamda kuzatuv xatlari yuborilib, ijrosi nazoratga olindi.

🗣 Hisobot davrida deputat tomonidan 2 ta davlat maktabgacha ta’lim muassasasi va 3 ta xonadon holati joyiga chiqib o‘rganildi. Jumladan, Elobod mahallasi hududidagi 481-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasining fasad qismini ta’mirlash uchun 500 million so‘m mablag‘ ajratilib, qurilish-ta’mirlash ishlari jadal sur’atlarda olib borilayotgani alohida ta’kidlandi.

💼 Deputat o‘z faoliyati davomida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining 3 ta sessiyasida, tegishli doimiy komissiyalar majlislarida faol ishtirok etib, 2 ta tashabbus ilgari surdi, 2 marotaba eshituvlar o‘tkazilishida qatnashdi, shuningdek, 8 ta jamoatchilik tadbirida ishtirok etdi. Bundan tashqari, ijtimoiy tarmoqlar, gazeta va televideniye orqali 5 marotaba chiqish qilib, amalga oshirilayotgan islohotlar hamda hududlarda olib borilayotgan ishlar yuzasidan jamoatchilikka axborot berib bordi.

📣 Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan qo‘shimcha o‘rganishlar olib borish, muammolarni manzilli hal etish hamda tegishli vakolatli tashkilotlarga zarur hollarda deputatlik so‘rovlari yuborish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olindi. Ta’kidlanganidek, fuqarolar bilan ochiq muloqot va joylardagi masalalarni tizimli hal etish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lib qoladi.icha aniq vazifalar belgilab olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 8