Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengash kotibiyat mudiri va Kengash deputati bolalar musiqa va san’at maktabida o‘rganish ishlarini olib bormoqda.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tumani Kengashi deputati M.Qo'ldoshev hududdagi oilaviy shifokor punkti faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengash kotibiyat mudiri M.G'oibnazarov va deputat S.Bekmurodovalar hududdagi bolalar musiqa va san’at maktabi faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati S.Bekmurodova “Yaylovlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining hududdagi ijrosi yuzasidan o‘rganish olib bordi.
янв.21
Oʻzbekiston Koʻzi ojizlar jamiyati Jizzax viloyati bo‘limida “Yangi Oʻzbekistonning ibratli oilasi” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazdi.
янв.21
Payshanba — Yoshlar kuni munosabati bilan Zomin tumani hokimligi katta majlislar zalida tuman hokimi, tuman Kengashi deputati Alisher Abdug‘aniyevning bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati S.Bekmurodova tomonidan Chorvador mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar bandligini ta’minlash hamda ularning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati Y.Safarov tomonidan tuman elektr tarmoqlari korxonasiga deputatlik soʻrovi yuborildi.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashining hafta davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan infografiya ma'lumotlar.
Aprel oyi sarhisobi

Aprel oyi sarhisobi

🗓 Aprel oyi davomida xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda 30 ga yaqin uchrashuv va o'rganishlar o'tkazilib, aniqlangan muammolarni hal etish maqsadida 20 ta deputatlik soʻrovi yuborildi.

🇺🇿 Tahlil natijalariga ko‘ra, deputatlar tomonidan yo‘naltirilgan so‘rovlar asosan aholini qiynab kelayotgan dolzarb masalalarni qamrab olgan bo‘lib, jumladan, kommunal xizmatlar, ichimlik suvi ta’minoti, yo‘l infratuzilmasi, bandlik hamda ijtimoiy himoya yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratilgan.

✔️ Shuningdek, so‘rovlarning ko‘rib chiqilish muddati, tegishli tashkilotlar tomonidan berilgan javoblarning sifati hamda amaliy natijadorligi tahlil qilindi. Ayrim yo‘nalishlarda ijro intizomini kuchaytirish zarurligi qayd etildi.
📈 O‘rganish yakunida deputatlik so‘rovlarining samaradorligini oshirish, ularni o‘z vaqtida va sifatli ko‘rib chiqilishini ta’minlash hamda aniqlangan muammolarni tizimli hal etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.

🗣Mazkur tahlil deputatlik faoliyatini yanada takomillashtirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda joylardagi muammolarga tezkor va amaliy yechimlar topishga xizmat qiladi.