O‘rganish davomida ta’lim muassasasidagi musiqa xonalari, o‘quv jarayoni uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda musiqa cholg‘ularining holati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, o‘quvchilarning san’at va musiqa yo‘nalishidagi bilim hamda ko‘nikmalarini oshirish, ularning iste’dodini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan suhbat o‘tkazildi.
Deputatlar tomonidan mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, moddiy-texnik bazani yanada mustahkamlash va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
O'rganish ishlari davom etmoqda