Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oʻzbekiston Koʻzi ojizlar jamiyati Jizzax viloyati bo‘limida “Yangi Oʻzbekistonning ibratli oilasi” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashining hafta davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan infografiya ma'lumotlar.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati N.Oxunova hududdagi maktabgacha ta’lim tashkilotining sport zallari holatini o'rgandi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati O.Alimov saylovchilar ishtirokida hududda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchisi va ijtimoiy xodim tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Zomin tumanida deputatlik nazoratini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati Y.Safarov tomonidan Zomin tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga chiqarilgan deputatlik so‘roviga javob berildi.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tumani Kengashi deputati B.Ergasheva hududdagi oilaviy shifokor punkti faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazdi.
янв.21
Mahalla infratuzilmasi o‘rganildi
Tuman Kengashi deputati O.Alimov saylovchilar ishtirokida hududda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchisi va ijtimoiy xodim tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Uchrashuv davomida hokim yordamchisi tomonidan hududda aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, soliq qarzdorligini kamaytirish hamda daromad manbalarini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, ijtimoiy xodim tomonidan “ijtimoiy reestr”da ro‘yxatga olingan fuqarolar holati, ularga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash choralari yuzasidan amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.

Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, fuqarolar tomonidan bildirilgan muammolar, taklif va murojaatlar tinglandi. Ayniqsa, ish bilan ta’minlash, ijtimoiy yordam olish, infratuzilmani yaxshilash kabi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida hududda amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish, aholi bilan ishlash tizimini kuchaytirish bo‘yicha tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 3