Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Oʻzbekiston Koʻzi ojizlar jamiyati Jizzax viloyati bo‘limida “Yangi Oʻzbekistonning ibratli oilasi” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi yuqori saviyada o‘tkazildi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashining hafta davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan infografiya ma'lumotlar.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati N.Oxunova hududdagi maktabgacha ta’lim tashkilotining sport zallari holatini o'rgandi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati O.Alimov saylovchilar ishtirokida hududda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchisi va ijtimoiy xodim tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati Y.Safarov tomonidan Zomin tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga chiqarilgan deputatlik so‘roviga javob berildi.
янв.21
Zomin tumanida deputatlik nazoratini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tumani Kengashi deputati B.Ergasheva hududdagi oilaviy shifokor punkti faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazdi.
янв.21
Mahalla infratuzilmasi o‘rganildi
BOLALAR SALOMATLIGI — DEPUTATLAR NAZORATIDA

#Sariosiyo #Deputat #Nazorati #BolalarSalomatligi  

BOLALAR SALOMATLIGI — DEPUTATLAR NAZORATIDA

Xalq deputatlari tumani Kengashi deputati tomonidan tuman Tibbiyot birlashmasiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-maydagi “2025–2030-yillarda bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy strategiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-186-sonli qarori ijrosini ta’minlash tumanimizda bolalar salomatligini muhofaza qilishning ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi.

 Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining navbatdagi 15-sessiyasi kun tartibiga mazkur qarorning tumandagi ijrosi bo‘yicha Sizning hisobotingizni eshitish masalasi kiritilgan. Sessiyaga puxta tayyorgarlik ko‘rish va deputatlar korpusini aniq tahliliy ma’lumotlar bilan tanishtirish maqsadida quyidagi ma’lumotlarni taqdim etishingizni so‘rayman:

 Statistik tahlil: Tumanda bolalar onkologik kasalliklarining bugungi holati, "D" nazoratda turgan bolalar soni va ularning kasallik turlari bo‘yicha tahlili;

 Erta tashxis qo‘yish: Qaror doirasida tuman tibbiyot birlashmasida bolalar saratonini erta aniqlash bo‘yicha yo‘lga qo‘yilgan skrining va ko‘rik ishlari samaradorligi;

🫥 Kadrlar salohiyati: Tuman poliklinikalari va shifoxonalarida bolalar onkologiyasi va gematologiyasi bo‘yicha mutaxassislarning yetarliligi hamda ularning malakasini oshirish bo‘yicha qilingan ishlar;

Dori vositalari ta’minoti: Onkologik kasallikka chalingan bolalarni davlat tomonidan bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlanish darajasi;

 Muammolar va takliflar: Milliy strategiyani amalga oshirishda tuman miqyosida yuzaga kelayotgan to‘siqlar, moddiy-texnik bazani mustahkamlash bo‘yicha takliflar.

 Shuningdek, deputatlik nazorati doirasida quyidagi masalalar bevosita deputatlar guruhi tomonidan o‘rganilishi belgilangan bo‘lib, ushbu yo‘nalishlarda ko‘maklashishingiz so‘raladi:

 Joyiga chiqqan holda o‘rganish: Tuman markaziy shifoxonasi va chekka hududlardagi oilaviy poliklinikalarda bolalar uchun yaratilgan tibbiy sharoitlarni ko‘zdan kechirish;

 Hujjatlar tahlili: Milliy strategiya doirasida tasdiqlangan tuman "Yo‘l xaritasi"ning ijrosi, dori vositalari taqsimoti va tibbiy ko‘rik jurnallarining yuritilishini o‘rganish;

Muloqot va so‘rovnoma: Bemor bolalarning ota-onalari hamda soha mutaxassislari (pediatr va gematologlar) bilan qaror ijrosi yuzasidan suhbatlar o‘tkazish.

 Nazorat tadbirlari natijasida aniqlangan kamchiliklar va ijobiy ishlar tuman Kengashining 15-sessiyasida Sizning hisobotingiz bilan birgalikda keng muhokama qilinishi belgilangan.

Slide 1 of 2